Yosh va go‘zal ko‘rsatadi: Zarchavaning salomatlik va teriga foydali ekanining 5 sababi
Teriga foydalilik jihatidan hech bir ziravor zarchavaning oldiga tusha olmaydi. Aksari odamlar karri va zarchavani bir ziravor deb o‘ylaydi, ammo ularning har ikkisi alohida. Zarchavaning quruq kukuning hidi o‘tkir, mazasi ifodalab bo‘lmaydigan bo‘ladi. Qadimgi Hindistonda uning foydalilik xususiyatlarini saqlab qolish va mazasi yaxshiroq bo‘lish uchun karri aralashmasi o‘ylab topilgan. Ushbu aralashma zarchava, koriandr, murchning bir necha turi va boshqa ziravorlar qo‘shib tayyorlanadi. Ushbu mahsulot taomlarga o‘ziga xos ta’m baxsh qilish bilan birga tibbiyotda ham samara beradi.
Foto: FreepikAntioksidantlik xususiyati bor
Atrof-muhitdagi changlar, sigaret tutuni, ultrabinafsha nurlari sabab terining erta qarishi kuzatiladi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, zarchava tarkibidagi kurkumin moddasi teriga bunday zararlash xususiyatiga ega bo‘lgan radikallarga qarshi kurashishda samara beradi. Bu esa namlikni tiklanishi hamda ajinlar kamayishiga hissa qo‘shadi.
Yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida
Bir qarashda ko‘zga ko‘rinmaydigan organizmdagi yallig‘lanish jarayonlari husnbuzar toshishi, psoriaz, ateroskleroz, vazn to‘plash singari salomatlik bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin. Kurkuminning yallig‘lanishga qarshi xususiyati esa deyarli barcha hujayralarda bo‘ladigan va yallig‘lanishga javob beradigan aniq oqsilli kompleksni bloklashi bilan namoyon bo‘ladi.
Vazn tashlashga yordam beradi
Kurkuminning qonni tozalash xususiyati ham mavjud. Organizmda uzoq vaqt davomida toksinlarning to‘planishi teri bilan bog‘liq muammo kelib chiqishida muhim rol o‘ynaydi. Olimlar esa zarchavaning haqiqatdan ham toksinlardan tozalanishga yordam berishini aniqlagan. Ushbu mahsulot toksinlarning biokimyoviy yo‘qotilishiga javob beradigan muayyan fermentlar miqdorini oshiradi. Shuningdek, safroga ham ta’sir qiladi va uning ko‘proq ajralgani hisobiga ovqat tez hazm bo‘ladi va qondagi yog‘da eriydigan toksinlar yo‘qolib, jigar faoliyatida ham ijobiy o‘zgarish seziladi.
Qon aylanishini yaxshilaydi
Qonning yaxshi aylanishi oziqa moddalarining kerakli joyini topishi, hujayralardan toksinlarning tozalanishiga sabab bo‘ladi. Kurkumin antitromboz ta’sir qilgani sabab, bu borada samara bera oladi. Klinik tajribalarda uning qon-tomir va teri kapilyarlarida mikrosirkulyatsiyani yaxshilashi aniqlangan. Endoteliyning faoliyatida muammo bor bo‘ladigan bo‘lsa, organizm qon bosimi va qon ivishini to‘g‘ri boshqara olmasligi mumkin. Shuningdek, ushbu mahsulotning “yomon” xolesterinni kamaytirishi haqidagi ma’lumotlar ham yo‘q emas. Uning yurak qon-tomir kasalliklarini oldini olishi doimiy ravishda fitnes bilan shug‘ullanishga tenglashtiriladi.
Kollagen sintezini oshiradi
Kollagen terining yosh, tarang va elastik bo‘lishida, regeneratsiya jarayoni hamda yangilanishida asosiy rollardan birini o‘ynaydigan muhim oqsil sanaladi. Kurkumin hujayra faolligini ta’minlab, kollagen sintezini oshiradi.
Maksimal darajada foydali bo‘lish uchun uni taom, choy, sho‘rva, salatlarga qo‘shib iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Amerikaning Origins kosmetik brendi bilan hamkorlik qiladigan shifokor Endryu Vaylning ma’lum qilishicha, eng uzoq umr ko‘rishi bilan ma’lum bo‘lgan Okinava orolidagi odamlar har kuni zarchavali choy ichadi. Bunday choy tayyorlash uchun 4 stakan suvga 1 choy qoshiq maydalangan zarchavani qo‘shib 10 daqiqa past olovda qaynatish, zanjabil va asal qo‘shish kifoya. Qolaversa, undan yuz uchun niqob tayyorlashda ham foydalansa bo‘ladi.
Manba