Salomatlik Salomatlik Olimlar fast-fudning o‘smirlar uyqusi va xotirasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi

Olimlar fast-fudning o‘smirlar uyqusi va xotirasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi

O'qildi: 325


Olimlar fast-fudning o‘smirlar uyqusi va xotirasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi

Tadqiqotchilar yuqori sinf o‘quvchilarining ovqatlanish odatlarini o‘rganib, uning o‘smirlar uyqusiga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqladi. Kuzatishlar dunyoning 64 mamlakatida amalga oshirilgan bo‘lib, u 175 mingdan ortiq o‘smirni qamrab olgan. Tadqiqot natijalari Kvislend universiteti saytida e’lon qilingan.

Foto: Unsplash

“12 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 175 261 nafar o‘smirga oid ma’lumotlari tahlili muntazam nosog‘lom yeguliklarni iste’mol qilish uyquning yomonlashishga olib kelishini ko‘rsatdi, bu esa o‘z navbatida, o‘zini his qilish holatiga, xotira va kognitiv qobiliyatlariga salbiy ta’sir qiladi”, — deyiladi hisobotda.

Olimlarning hisobotiga ko‘ra, gazlangan ichimliklarni boshqalarga qaragandan ko‘proq ichadigan o‘smirlarning uyqusidagi muammolar 55 foizga yuqori bo‘lgan.

Shuningdek, ekspertlarning ta’kidlashicha, uyquning buzilish holatlari haftasiga to‘rt martadan ortiq fast-fud iste’mol qilgan bolalarda qayd etilgan. Tadqiqot mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, qizlarda bu kabi uyqu muammosi yigitlardan ko‘ra ikki barobar ko‘proq kuzatilgan.

“Ushbu natijalar katta xavotirlarni yuzaga keltiradi, chunki uyquning yaxshi bo‘lmasligi o‘smirlar farovonligi va ularning kognitiv rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi”, — deydi tadqiqot muallifi Asad Xon.

Xonning ta’kidlashicha, profilaktika choralari maktab va oiladan boshlanishi kerak. Ta’lim muassasalarida olimlar bolalarning gazli ichimliklar ichishi va zararli yeguliklar iste’molini cheklashni, oilada qiz bola bo‘lsa, bu kabi yeguliklarni uyga kamroq olib kelishni maslahat bergan.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.