Salomatlik Salomatlik Bir qarashda bezarardek tuyulgan, biroq sog‘lik uchun zararli kundalik odatlar

Bir qarashda bezarardek tuyulgan, biroq sog‘lik uchun zararli kundalik odatlar

O'qildi: 265


Bir qarashda bezarardek tuyulgan, biroq sog‘lik uchun zararli kundalik odatlar

Salomatlik bilan bog‘liq tavsiyalar hamisha ham dolzarb bo‘lavermasligi mumkin. Masalan, bir vaqtlar ayollar sog‘ligi uchun sirka ichish yoki quyoshda toblanish kerakligi maslahat berilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ushbu tavsiyalar inkor etiladi. Sal avval foydali deb hisoblangan, ammo JSST tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, ijobiy ta’sirdan ko‘ra zarari ko‘proq ekani isbotlangan prinsiplar haqida ma’lumot beramiz.

Foto: Freepik

Nonushtaga suli yormasi iste’mol qilish

Suli yormasidan tayyorlangan, meva va yong‘oq qo‘shilgan nonushtadan mazali va foydaliroq nonushta bo‘lmaydi, deb o‘ylashingiz mumkin. Ammo hamisha ham emas. Gap shundaki, uning tarkibida kalsiyni organizmga singishiga to‘sqinlik qiladigan fitatlar mo‘l bo‘ladi va bu ayniqsa 40 yoshdan keyin xavfli sanaladi. Chunki bu vaqtda mazkur muhim mikroelement organizm shundoq ham yetishmaydi. Shu sabab ham suli yormasini haftada ikki yo uch martadan ko‘p iste’mol qilmaslik kerak.

Uzoq masofaga yugurish

Yugurish kardiozo‘riqish uchun eng yaxshi variant ekaniga shubha yo‘q, ammo boshqa jismoniy faollik bilan birga amalga oshirish kerak. Pensilvaniyada kardiologlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda, kam harakatda bo‘lgan, ammo uzoq masofaga yugurgan kishilarning, o‘rtacha zo‘riqishdagi sport mashqlari bilan muntazam shug‘ullanadiganlarga nisbatan kamroq yashashi aniqlangan. Shu sabab uzoq masofaga yugurmaslik yoki yugurganda ham boshqa sport mashqlarini ham bajarish tavsiya qilinadi.

Barra sabzavotlarni ko‘p iste’mol qilish

Barra sabzavotlarni iste’mol qilish siz o‘ylaganingizchalik foydali bo‘lmasligi mumkin. Bunga xom kletchatkalarning hazm tizimiga foydasidan zarari ko‘pligi sabab bo‘ladi. Qabziyat, ichaklar bilan bog‘liq muammo va qorin shishishi kuzatilishi mumkin. Shuningdek, sabzavotlardagi ko‘plab vitamin va mikroelementlar organizmga pishgan holda yaxshiroq singadi. Shu sabab ham sabzavotlarni pechda pishirib yeyish tavsiya qilinadi.

Shirinlikdan voz kechish

Ratsiondan shakarni butkul qisqartirib tashlashning hojati yo‘q. Chunki bundan samaradan ko‘ra zararli bo‘lishi mumkin. Olimlarning fikricha shakarning endokrin tizimi, yurak qon-tomirlarga zarari uning miqdori bilan bog‘liq. Qancha ko‘p iste’mol qilinsa, shuncha ko‘p salomatlik bilan bog‘liq muammo kuzatiladi. Ammo me’yorga amal qilinsa, zarar emas organizm xususan, miya uchun energiya manbai bo‘ladi.

O‘simlik suti ichish

Agar sizda laktoza bilan bog‘liq muammo bo‘lmaydigan bo‘lsa, unda oddiy sutni o‘simlik sutiga almashtirishning hojati yo‘q. Yo‘qsa, organizmni nafaqat sut yog‘lari, balki yurak qon-tomir tizimi va suyak uchun muhim sanalgan kalsiydan ham bebahra qilasiz. Qolaversa, o‘simlik yog‘larida saraton keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan fitoestrogenlar mavjud ekani sabab ham ushbu mahsulotdan tiyilish tavsiya qilinadi.

vzuga doir:

  • Qon bosimini bir zumda tushirish xususiyatiga ega 10 mahsulot
  • Ayollar yurak xuruji haqida nimalarni bilishi kerak?
  • Nima sababdan qon bosimi ko‘tariladi?
  • Yuqori xolesterin miqdorini tushirishda yordam beruvchi foydali mahsulotlar
  • Yurak salomatligi uchun iste’mol qilishdan voz kechish tavsiya qilinadigan 5 mahsulot


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.