Suli yormasini qanday mahsulotlar bilan iste’mol qilish mumkin?
Ertalab bo‘tqa iste’mol qilish bu nafaqat bolalar uchun, balki sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qiladigan kattalar uchun ham ajoyib nonushtadir. Oddiygina suli yormasi ishataha ochar bo‘lmasligi mumkin, ammo agar uni qo‘shimchalar bilan birga tanovul qilinsa, ham mazali, ham foydali bo‘lishi shubhasiz.
Foto: Harper’s BazaarMaydalangan sabzi
Yong‘oq, urug‘ va mevalar aniq qo‘shimchalardir. Ammo odatdagi nonushtani yorqin ranglar bilan boyitish yanada ajoyib. Maydalangan sabzi suli yormasiga shirin ta’m qo‘shadi va beta-karotin, antioksidant va kletchatkalar bilan boyitadi.
Gulkaram
Gulkaram va suli yormasi ajoyib kombinatsiya. Gulkaram past glikemik indeksli kletchatkaning ajoyib manbasi bo‘lib, u qonda shakar darajasini nazorat qilishga yordam beradi.
Xurmo siropi
Asal va zarang(klen)siropi ham yaxshi tanlov, ammo xurmo siropi yanada foydali. Tarkibi magniy va kaliyni o‘z ichiga oladi, ya’ni bu qo‘shimcha nafaqat shirin ta’mga, balki stressga qarshi xususiyatlarga ham ega.
Yo‘lbars yong‘oq
Ba’zan ular maydalangan yeryong‘oq deb ham ataladi. Biroq aslida, bu yong‘oq emas, tasnifga ko‘ra, ular kartoshka bilan bir xil toifalarga kiradi. Yo‘lbars yong‘oqlarining shakli no‘xatga o‘xshaydi va odatdagi bodomdan ko‘ra shirinroq bo‘ladi. Ushbu qo‘shimcha prebiyotik hisoblanadi va ichakda muvozanatli mikrobiomani yaratishga yordam beradi.
Zig‘ir urug‘lari
Bu urug‘lar ta’mga katta ta’sir ko‘rsatmaydi, lekin suli yormasining foyda va ozuqaviy qiymati bir necha marta ortadi. Zig‘ir urug‘ini orqali omega-3, sink va kalsiyning qo‘shimcha dozasini olish mumkin.
Yogurt
Shakarsiz yogurt bilan birga suli yormasi ko‘proq oqsilga ega bo‘ladi. Tarkibda probiyotiklar, kalsiy va B12 vitamini mavjudligi uchun ham ushbu qo‘shimcha foydali hisoblanadi.
Rezavorlar
Bu juda yaxshi tanlov bo‘lmasligi mumkin, ammo malina, qulupnay, klyukva, smorodina, qorag‘atdan xohlagancha qo‘shib iste’mol qilish mumkin.
Mavzuga doir:
- Kartoshkaning inson salomatligi uchun qanday foydalari bor?
- Nonushta uchun tvorogni qanday mahsulot bilan iste’mol qilish mumkin?
- Semirtiradi, xamirturushligi sog‘liqqa ziyon. Non haqida eng ko‘p tarqalgan yanglish fikrlar
Manba