Salomatlik Salomatlik Ofis xodimlari uchun: Kun davomida hech bo‘lmaganda bir soat tik turib ishlansa, salomatlikda qanday o‘zgarish kuzatiladi?

Ofis xodimlari uchun: Kun davomida hech bo‘lmaganda bir soat tik turib ishlansa, salomatlikda qanday o‘zgarish kuzatiladi?

O'qildi: 314


Ofis xodimlari uchun: Kun davomida hech bo‘lmaganda bir soat tik turib ishlansa, salomatlikda qanday o‘zgarish kuzatiladi?

Kunni ish yoki o‘qish sabab o‘tirgan holda o‘tkazish salomatlik bilan bog‘liq turli muammolarga olib kelishi mumkin. Sayr qilish, har 30 daqiqada mashq bajarishga esa har doim ham vaqt topilmasligi mumkin. “Domashniy ochag” jurnalida yozilishicha, ofisdan chiqmay turib ham zararni kamaytirish mumkin. Buning uchun hech bo‘lmaganda 1 soat tik turib ishlashning o‘zi kifoya qiladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Qandli diabet xavfi kamayadi

Diabetologia jurnalida chop etilgan maqolada yozilishicha, odam qancha vaqtini kamroq o‘tirib o‘tkizsa, qandli diabet bilan kasallanish xavfi shuncha kam bo‘ladi. Tadqiqot mualliflarining fikricha, bu hatto doimiy ravishda jismoniy faol bo‘lishdan ham samaraliroq bo‘lish mumkin. Odam qancha ko‘p o‘tirsa, qondagi xolesterin va shakar miqdori shuncha ko‘p bo‘lishi mumkin.

Yurak va qon-tomirlar sog‘lom bo‘ladi

Avstraliyalik mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan, 45—65 yoshli ishtirokchilar qatnashgan tadqiqotda, har kuni 4 soat yoki undan kamroq o‘tiradigan kishilar gipertoniya, yurak va qon-tomir kasalliklari bilan kamroq kasallanishi aniqlangan.

Saraton xavfi kamayadi

Amerikaning saraton jamiyatining tadqiqotchilarining ma’lumotiga qaraganda, kuniga 6 soat va undan ko‘proq vaqt o‘tirib o‘tkazilsa, yo‘g‘on ichak saratonidan vafot etish xavfi 36 foizga ortadi. Olimlar buning nima bilan bog‘liq ekanligini aniqlamagan, ammo ularning taxmin qilishicha, uzoq vaqt davomida o‘tirish qondagi glyukoza va insulin me’yorining yomonlashishiga, bu esa o‘simta o‘sishiga olib kelishi mumkin.

Yurakni yog‘ bosish xavfi kamayadi

Doimiy ravishda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish ichki a’zolar atrofida yig‘ilgan yog‘ni erishiga yordam beradi, degan to‘xtamga kelgan Kaliforniya universiteti olimlari. Shu sabab ham yurakni yog‘ bosishdan himoyalashning eng yaxshi usuli — kamroq o‘tirish hisoblanadi.

Buyraklar himoyada bo‘ladi

Kun davomida 3 soatdan kam o‘tirgan ayollarda buyrak kasalliklarining rivojlanish xavfi, 8 soatlab o‘tiradiganlarga nisbatan 30 foizga kamroq bo‘ladi. Erkaklarda esa ushbu ko‘rsatkich 15 foizni tashkil qiladi.

Qomat tik bo‘ladi

Uzoq vaqt davomida harakatsiz o‘tirish ham qomatga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Umurtqa pog‘onasi va yelkalar salomatligi uchun esa iloji boricha ko‘proq qomatni tik tutib yurish va jismoniy faol bo‘lish kerak.

Bel og‘rig‘i bezovta qilmaydi

O‘tirganda gavdaning bel sohasiga turgandan ko‘ra ko‘proq og‘irlik tushadi. 6-8 soatlab o‘tirish haqida-ku gapirmasa ham bo‘laveradi.

Ko‘rish qobiliyati yaxshilanadi

Odam turganda kompyuterdan uzoqroq bo‘ladi. Bo‘yin mushaklar zo‘riqmaydi va qon aylanishi yaxshilanadi. Bu esa ko‘rish qobiliyatiga ham ijobiy ta’sir qiladi.

Ichak saratonining xavfi kamayadi

O‘tirish bilan bog‘liq turmush tarzi qon quyilishining eng asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida ichaklar salomatligiga ta’sir qilib saraton kelib chiqishiga olib kelishi mumkin.

Qon bosimi yaxshilanadi

Odam tik turganida qon o‘tirganidan yaxshiroq aylanadi, tomirlarda zo‘riqish kuzatilmaydi. Buning hisobiga qon bosimi ham me’yorda bo‘ladi.

Mavzuga doir:

  • Shakarning tashqi ko‘rinishdagi salbiy aksi: Glikatsiya nima va u go‘zallikka qanday ta’sir qiladi?
  • Insult xavfini kamaytiruvchi mahsulotlar nomi ma’lum qilindi
  • Insult, qandli diabet va gipotireoz: yuzdagi o‘zgarishlarga qarab aniqlash mumkin bo‘lgan kasalliklar
  • Koronavirusdan keyin infarkt va insult xavfi oshishi ma’lum bo‘ldi


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.