Salomatlik Salomatlik Tanangizga sovuq o‘tganidan darak beruvchi 4 simptom

Tanangizga sovuq o‘tganidan darak beruvchi 4 simptom

O'qildi: 244


Tanangizga sovuq o‘tganidan darak beruvchi 4 simptom

Qishki sovuq harorat sabab organizm faoliyatida muammolar kuzatilishi mumkin. Sovuq o‘tib ketishi esa katta-yu kichikda jiddiy kasalliklar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Foto: Freepik

Uyquchanlik

Titroq, pulsning susayishi va nafas olishda o‘zgarish kuzatilishi gipotermiyaga xos ilk simptomlar sanaladi. Ammo bu belgilar namoyon bo‘lishidan avval kishida uyqu bosishi kuzatiladi. Bir narsani yodda tutish kerak: sovuq o‘tishi uchun ko‘chaga chiqish shart emas, yosh bolalar hamda qariyalar harorati sovuq xonada uxlasa ham sovuq o‘tkazib olishi mumkin. Shu sabab ham qishda turar joy va binolarning issiqligiga e’tibor qaratish kerak.

Yanglishish, simptomlarni rad etish

Gipotermiyaga noto‘g‘ri tashxis qo‘yilishiga sabab bo‘ladigan muhim omillardan biri bemor o‘zida kuzatilgan yaqqol simptomlarni rad etishi hisoblanadi.

Nutqdagi muammolar

Gap shundaki, tana haroratining pasayishi qon aylanishi hamda miyani qon bilan ta’minlanishini susaytiradi va buning oqibatida kognitiv muammolar kuzatiladi. Atrofingizdagi kishilarning gaplari apoq-chapoq, fikrini ifodalash uchun so‘z topolmaydigan bo‘lsa, bu undagi gipotermiyadan darak berishi mumkin. Ovozning tabiiy bo‘lmagan balandligi, nutqning aniq va tushunarli bo‘lmasligi, ma’lum voqea-hodisa yoki munosabatga nisbatan boshqacha reaksiya bildirishi kabilar xavotirlanishga arzigulik sabab.

Beso‘naqaylik

Yurganda oyoqlarning chalkashib ketishi, oddiy harakatlar davomida ham xato qilish kabilar sizga issiqlik kerakligini bildirishi mumkin. Qolaversa, toza havodagi qishki faoliyat davomidagi istalgan o‘zgarishga befarq bo‘lmang. Sovuq qotish eng birinchi alomat ekanini yodda tuting.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.