Qonga infeksiya tushganidan darak beradigan 8 simptom
Qon zararlanishi yoki sepsis eng xavfli infeksion kasallik hisoblanadi. Kasallikning boshlang‘ich davrida tashxis qo‘yish qiyin ekanligi hisobiga ham har ikkinchi holat o‘lim bilan yakun topadi.
Foto: FreepikIsitmalash
Sepsis qonga bakterial infeksiya tushishi bilan namoyon bo‘ladi va bunga nisbatan organizm harorat ko‘tarilishi bilan reaksiya ko‘rsatadi. Ko‘p hollarda boshqa simptomlar kuzatilmasligi ham mumkin. Tana harorati uzoq vaqt davomida tushmaydigan bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Tana haroratining tushib ketishi
Qonga infeksiya tushganda harorat nafaqat ko‘tarilishi, balki tushishi ham mumkin. Shuning uchun bu inkor etish kerak bo‘lmagan jiddiy signal hisoblanadi. Shifokorlar qonga infeksiya tushishi past harorat bilan namoyon bo‘ladigan bo‘lsa, davolash qiyin bo‘lishi va yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlaydi.
Qaltirash
Ko‘p hollarda harorat ko‘tarilishi bilan birga kuzatiladigan qaltirash o‘z navbatida qon zararlanishiga ham xos simptom sanaladi. Tibbiy ko‘rik davomida ko‘zga tashlanmagani sabab ham bemor shifokorga o‘zida qaltirash kuzatilganini aytishni unutmasligi kerak.
Tananing zirqirab og‘rishi
Ko‘p hollarda gripp yoki shamollash bilan adashtiriladigan, qon zararlanishidagi simptomlardan biri varaja va og‘riq hisoblanadi. Sepsisda og‘riq butun tanada yoki tananing bir qismida kuzatilishi mumkin. Shu sabab ham shifokorga murojaat qilishni unutmang.
Qon bosimining pasayishi
Qon bosimining tushishi qon zararlanishiga xos bo‘lgan va infeksiya yetarlicha tarqab, septik shok boshlanishidan darak beruvchi simptom sanaladi. Bunda qon-tomirlar elastikligi yo‘qoladi.
Puls tezlashishi
Sepsisda organizm infeksiyadan qutilish uchun qon aylanishini tezlashtirishga urinadi. Yurak qisqarishi soni tezlashadi va puls daqiqasiga 90 taga ko‘tariladi. Shu sabab ham ushbu simptom kuzatilganda befarq bo‘lmaslik kerak.
Nafas qisishi
Daqiqasiga 22 ta nafas olish tezligi bilan kuzatiladigan nafas qisishi qon zararlanishiga xos simptomlardan biri. Gap shundaki, sepsisning keng tarqalgan sabablardan biri, bu o‘pkalar yallig‘lanishi hisoblanadi. Qonga kislorod yetishmagani sabab organizm nafas olishning tezlashishi hisobiga ehtiyojni qoplamoqchi bo‘ladi. Infeksiya o‘pkada bo‘lmagan taqdirda ham kasallik hisobiga organizmning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji oshib nafas tezlashadi.
Rang oqarishi
Qon zararlanganda organizm miya va yurakni himoya qilish hisobiga boshqa a’zolarda qon kamayadi, shuning hisobiga teri rangi oqarishi kuzatiladi.
Bo‘shashish va uyquchanlik
Aksariyat hollarda qon zararlanishiga xos ushbu simptom asosan yoshi kattalarda, ba’zida yosh bolalarda ham kuzatilishi mumkin. Qon bosimi oshganda ko‘pincha charchoq kuzatiladi, sepsisda esa qon aylanishi sekinlashadi. Bu holsizlik va uyqu bosishiga olib keladi.
Manba