Salomatlik Salomatlik Uyqusizlikda samarali yordam beruvchi 10 ta maslahat

Uyqusizlikda samarali yordam beruvchi 10 ta maslahat

O'qildi: 248


Uyqusizlikda samarali yordam beruvchi 10 ta maslahat

Yaxshi uyqu – sog‘lom, tetik, xotirjam hayotimizning muhim qismidir.

Foto: “RIA Novosti”

Uyqu ta’sirida:

  • Miya ish faoliyati yaxshilanadi.
Daniyalik olima Mayken Nedergaard tomonidan 2012-yilda miyada glimfatik kanallar borligi aniqlandi, bu kanallar orqali miya hujayralarida to‘plangan zaharli moddalar chiqib ketadi va ulardagi metabolik o‘zgarishlar tiklanadi. E’tiborlisi shundaki, bu kanallar uyqumizda, uyg‘oqligimizga qaraganda 10 baravar ko‘proq ishlaydi. Miya kun davomida olgan informatsiyani uyquda saralaydi, kerakmas o‘tkinchi informatsiyani yo‘qotadi, keraklisini mustahkamlaydi. Miya “tozalanadi”.
  • Tana bo‘shashadi, mushaklardagi charchoq ketadi;
  • Ichki a’zolar ish faoliyati tiklanadi;
  • Immunitet mustahkamlanadi(tunda uxlaganimizda epifiz melatonin garmonini ishlab chiqaradi. Melatonin antioksidant va immunostimulyator ta’sirga ega).
Uyqusizlik ta’sirida:
  • Insonda surunkali charchoq paydo bo‘ladi;
  • Fikrimizni bir joyga to‘plash qiyinlashadi;
  • Yodlash va o‘rganish qobiliyatimiz pasayadi;
  • Jahl, tajovuz rivojlanadi;
  • Depressiyaga moyillik oshadi;
  • Bosh og‘riydi, qon bosimi oshadi;
  • Yuz terisi sifati va umumiy ko‘rinishi yomonlashadi;
  • Ortiqcha vazn oshadi va boshqa ko‘pgina kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Uyqusizlik kelib chiqishining sabablari juda ko‘p:
  • stress;
  • noto‘g‘ri kun tartibi, zararli odatlar(chekish, spirtli ichimliklar ichish);
  • tarkibida kofein moddasi bor ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish;
  • yotishdan oldin telefonda “o‘tirish”;
  • homiladorlik(toksikoz, homilaning kattaligi yotishga noqulaylik keltirishi, tez-tez hojatga borish);
  • klimaks davri;
  • qon bosimi kasalligi, qandli diabet kasalligi va boshqa ko‘pgina omillar ta’sir qiladi.
Uyqusizlikni yengish uchun uxlatuvchi dorilardan muttasil foydalanish dorilarning nojo‘ya ta’sirini keltirib chiqaradi. Bunda alternativ sifatida dorivor giyohlardan foydalanish yaxshi samara beradi.

Nima qilishimiz kerak?

  • Uyqusizlikka olib keladigan xar xil odatlarimizdan qutulishimiz kerak;
  • Soat 22:00 dan kech yotmaslikka harakat qiling;
  • To‘g‘ri ovqatlanish rejimiga rioya qiling, kechki ovqat uxlashdan kamida 3 soat oldin yeyilishi kerak;
  • Uxlashdan oldin spirtli ichimliklar, tarkibida kofein moddasi bor ichimliklardan saqlaning;
  • Uxlaydigan xonani shamollating;
  • Kechki sayrlar tezroq uxlashga yordam beradi;
  • O‘rningiz qulay bo‘lsin;
  • Yotishdan oldin televizor, kompyuterlardan foydalanmang;
  • O‘ringa faqat uxlash uchun yoting(televizor ko‘rishga va shunga o‘xshash ishlar uchun emas);
  • Ertalabki jismoniy tarbiya kun davomida tetik va bardam yurishingizga yaxshi yordam beradi;
  • Dorivor giyohlardan damlamalar ichish uyqusizlikka yaxshi yordam beradi.
Jumladan:
  • Dorivor moychechak(romashka)– uyqusizlikdan yaxshi yordam beradi hamda qo‘rquv, besaranjomlikni yo‘qotadi;
  • Dorivor valeriana(Valeriana)- asab tizimini tinchlantiradi, uyquni sifatini yaxshilaydi va tez uxlashga yordam beradi;
  • Lavanda efir moylarga boy o‘simlik stressda, depressiyada yaxshi ta’sir qiladi;
  • Yalpiz(myata)– yomon hissiyotni( emotsiyalarni)kamaytiradi, kuchli stresslarda yaxshi yordam beradi va tez uyquga ketishga yordam beradi;
  • Limon o‘t(melisa)– uyquni sifatini yaxshilaydi, qon bosimini tushiradi;
  • Tog‘jambul(timyan)kuchli charchagandagi uyqusizlikka yordam beradi, stress, asabiylashishda ham foydasi katta;
  • Mavrak(shalfey)- stressdan, tez asabiylashishdan yordam beradi;
  • Qulmoq oddiy(xmel)– tinchlantiruvchi xususiyatga ega;
  • Tog‘rayhon(dushitsa)– tutaqib ketishni pasaytiradi, asab o‘ta charchaganda tinchlantiradi;
  • Arslonquyruq(pustirnik). Uyquning sifatini oshiradi, vahimani kamaytiradi, qon bosimini tushiradi, tez uyquga ketishga yordam beradi.
Yig‘ma retseptlar:

Moychechak va lavandadan choy — har ikkalasidan bir choy qoshiqdan olinadi, bir stakan qaynoq suvga 15 minutga damlanadi. Dokadan o‘tqazib sut, asal qo‘shib ichiladi.

Maraqand choyi:

Bir choy qoshiq limon o‘t va yalpiz barglarini olib bir stakan sutga solinadi, past olovda qaynatiladi, qaynab chiqishi bilan olovni o‘chirib, 10 minutga damlanadi, yarim choy qoshiq asal qo‘shib ichiladi.

Tinchlantiruvchi yig‘ma:

2:2:1 proporsiyasida dalachoy, moychechak gullari, limon o‘t barglari aralashtiriladi. Yig‘madan bir yarim qoshiq olinadi, bir stakan suvga 10 minutga damlanadi, dokadan o‘tqazib yarim choy qoshiq asal bilan uxlashdan 1 soat oldin ichiladi.

 

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi


Mavzuga doir:


  • To‘yib uxlamaslikning organizmga qanday zararlari bor?
  • Ertalab oson va tetik uyg‘onish uchun nima qilish kerak?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.