Foydasidan zarari ko‘proq bo‘lgan hammaga tanish 3 nonushta
Kunni nafaqat mazali, balki foydali mahsulotlardan tayyorlangan nonushta bilan boshlash zarur. Kun davomida energiyaga to‘la bo‘lish, o‘zini yaxshi his qilish va salomatlikda muammo kelib chiqmasligi uchun esa nima foydali va zararli ekani haqida ma’lumotga ega bo‘lish kerak.
Foto: Harper’s BazaarTuxum
Oqsillar, yog‘ kislotalari, vitamin va minerallarga boy hisoblanadigan tuxumni mutaxassislar qovurilgan holda iste’mol qilishni tavsiya qilmaydi. Hatto zaytun yog‘ida qovurgan taqdirda ham ushbu nonushta kaloriyali hisoblanadi va yurakni zo‘riqtirishi mumkin. Tongni mazali va foydali nonushta bilan boshlash uchun tuxumni qattiq qilib qaynatish, pashot usulida yoki tagiga olmaydigan qoplamali tovada pishirish kerak.
Smuzi
Instagram blogerlarning sahifasiga joylaydigan ishtaha ochar qilib bezatilgan, rang-barang smuzilarni ko‘rgan ko‘pchilik uni foydali nonushta deb hisoblaydi. Kartoshka fri, tort bo‘lagi singari zararli bo‘lmagani bilan smuzini butkul foydali nonushta deb bo‘lmaydi. Mevalar foydali ekaniga qaramay, tez hazm bo‘ladigan uglevodlarning koni ekani sabab ham smuzi iste’molidan keyin qondagi qand miqdori keskin ko‘tariladi va bir zum o‘tmay inson ikki karra ochlikni his qiladi. Kaloriyaga boy ekani(100 grammida 300-400 kkal bo‘ladi)sabab ham ushbu nonushta salomatlik va organizmga ijobiy ta’sir qilmaydi. Qolaversa, ortiqcha shakar vazn ortishi va terida muammo kelib chiqishiga olib keladi.Foto: Harper’s BazaarYog‘siz yogurt yoki tvorog
Tvorog, yogurt yoki kefir xarid qilganda asosan tarkibidagi yog‘ miqdori qancha ekaniga e’tibor qaratiladi. Aslida esa yog‘siz bu kabi mahsulotlar yog‘li variantidan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazadi. Tabiiy sutdan tarkibida yog‘ bo‘lmagan mahsulot tayyorlab bo‘lmaydi va shuning uchun ham sun’iy usulda yog‘sizlantiriladi. Ushbu jarayondan keyin mahsulotning nafaqat yog‘i, ta’mi va ko‘rinishi ham o‘zgaradi. Ta’mi va ko‘rinishini to‘g‘rilash uchun esa konservantlar, tabiiy bo‘yoqlar(krasitel)va shakar qo‘shiladi. Shuning uchun ham bunday mahsulotlar iste’moli kaloriyani ko‘paytiradi va ochlikni tez his qilishga sabab bo‘ladi. Yog‘li tvorog(5 foizli)qomatga yog‘sizidan ko‘ra kamroq zarar yetkazadi va qorinni uzoq vaqt davomida to‘q tutadi.
Mavzuga doir:
- Vazn kamaytirishning eng maqbul usuli: moddalar almashinuvi jarayonini yaxshilash uchun 6 tavsiya
- Faqat nonushta emas: Tuxumdan tushlik va kechki ovqatga nima tayyorlasa bo‘ladi?
- Chizkeyk, krujka ichiga solib pishiriladigan keks: Kam kaloriyali 5 shirinlik retsepti
Manba