Faqat koronavirus emas: Hid bilishning yo‘qolishi bilan namoyon bo‘ladigan 9 kasallik
Koronavirus bilan kasallangan aksari kishilarda kuzatilgani va ushbu belgidan kelib chiqib tashxis qo‘yilayotgani sabab ham hid bilishning yo‘qolishi e’tiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan simptom hisoblanadi. Anosmiya deb hid bilishning to‘liq, giposmiya deb esa qisman yo‘qolishiga aytiladi. Hid bilmaslik COVID-19’dan tashqari yana boshqa bir qancha kasalliklarga xos alomat hisoblanadi.
Foto: FreepikShamollash va gripp
Shamollash koronavirusdan farqli ravishda burunning shilliq qavati shishishi va burun oqishi bilan namoyon bo‘ladi. Koronavirus bilan kasallanganda, ayniqsa birinchi kunlar shish bo‘lmagani bilan, hid bilmaslik kuzatiladi.
Surunkali sinusit
Ushbu kasallik ham doimiy ravishda tumovning kuzatilishi bilan kechadi.
Burun polipi
Burun polipini tibbiy tekshiruv jarayonida aniqlash mumkin.
O‘tkir allergiya
Bunda ham shilliq qavatning shishi sabab bo‘ladi. Ko‘p hollarda simptom bahorda, daraxt gullaganida yoki boshqa qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida kuzatiladi.
Bosh jarohati
Bosh bilan yiqilganda, miya jarohatlanganida ham kuzatilishi mumkin.
Medikamentlar qabul qilinganda va kimyoviy vositalar ta’sirida
Hid bilishning yo‘qolishini aksari hollarda kadmiy, akrilat, magniylar keltirib chiqaradi. Amfetaminlar, fenotiazin va enalaprin hamda nafazalin kabi vositalar hid bilishni yo‘qolishi uchun xavfli hisoblanadi.
Alsgeymer va Parkinson kasalligi
Chalkashish, xotiraning yo‘qolishi qo‘shimcha belgilar hisoblanadi. Ko‘p hollarda ushbu kasallik katta yoshli odamlarda kuzatiladi.
Nevrologik kasalliklar
Hid bilishning yo‘qolishi, shuningdek, asab tizimida muammolar: xotira yo‘qolishi, ko‘rish qobiliyatining susayishi, nutq buzilishi va lohaslik bilan birga namoyon bo‘ladi.
Bosh miya saratonida
Anosmiya, ya’ni hid bilmaslik bosh og‘rig‘i va asab timizi faoliyatining buzilishi bilan kechadi. Qolaversa ushbu simptom, bosh miya operatsiyasidan keyin ham kuzatilishi mumkin.
Jiddiy kasalliklarda anosmiya ularning paydo bo‘lishidan bir necha yil avval ham kuzatilishi mumkin.
Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?
- Simptom bexosdan kuzatilganda.
- Ko‘rish, nutq so‘zlash, yutinish, muvozanatda muammolar kuzatilganda va umumiy holsizlik bilan namoyon bo‘lganda.
- O‘tmishda bosh jarohati olgan bo‘lsangiz.
- Simptom yanada faol namoyon bo‘ladigan bo‘lsa, 1-2 kun ichida shifokorga borish kerak.
Anosmiyaning kelib chiqish sababiga chora ko‘rish kerak. Qiyinlik darajasiga qarab burun spreyi, ingalyatsiya, antibiotik yoki nur va jarrohlik yo‘li bilan davolash mumkin.
Mavzuga doir:
- Anosmiya: COVID-19’da qanday qilib hid sezgisi yo‘qoladi?
- Bo‘lgansiz-u, payqamagansiz: Koronavirusni boshdan kechirganingizni bildiruvchi 7 belgi
Manba