Salomatlik Salomatlik Qo‘l titrashidan avvalroq Parkinson kasali rivojlanayotganidan darak beradigan simptomlar

Qo‘l titrashidan avvalroq Parkinson kasali rivojlanayotganidan darak beradigan simptomlar

O'qildi: 252


Qo‘l titrashidan avvalroq Parkinson kasali rivojlanayotganidan darak beradigan simptomlar

Markaziy nerv tizimi faoliyati buzilishi bilan namoyon bo‘ladigan Parkinson kasalligi yosh o‘tish bilan kuzatiladigan demensiyaning eng ko‘p kuzatiladigan turi hisoblanadi. Statistika ma’lumotiga qaraganda, Yer yuzidagi 60 yoshdan oshgan har yuzinchi odam ushbu kasallikdan aziyat chekadi. Asosan ayollarda uchraydigan Alsgeymer kasalligidan farqli ravishda, Parkinson har ikki jins vakilida ham birdek kuzatilishi mumkin. Unga xos quyidagi simptomlar kuzatilganda esa beparvo bo‘lmaslik va zudlik bilan mutaxassisga murojaat qilish kerak.

Foto: Freepik

Qabziyat

Muntazam ravishda kuzatiladigan qabziyat Parkinson kasalligi boshlanayotganidan darak berishi mumkin. Gap shundaki, ushbu kasallik hazm jarayoni va ichaklar faoliyatida ham muhim rol o‘ynaydigan asab tizimiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Albatta, qabziyatning o‘zi bilan bir xulosaga kelib bo‘lmaydi, ammo uyquda, yurish va yozuvda o‘zgarish kuzatiladigan bo‘lsa shifokorga murojaat qilish kerak.

Depressiya

Tadqiqotlarda aniqlanishicha, Parkinsonga chalingan kasallarning aksariyatida depressiya alomatlari, kasallikka xos boshqa jismoniy simptomlardan bir necha yil avval paydo bo‘lgan. Bemorda apatiya(loqaydlik), avval muhim va ahamiyatli bo‘lgan voqea va jarayonlarga nisbatan qiziqmaslik, tushkunlikka tushish va o‘zini ilojsiz his qilish holatlari kuzatiladi. Shifokorlar bunga Parkinson kasalligiga chalingan bemorda, depressiya bilan bog‘liq serotonin va dofamin miqdorining keskin tushib ketishi sabab deb taxmin qiladi.

Hid bilishda muammo kuzatilishi

Hatto o‘tkir hidli atir iforini ham bilmaslik, hidlarni farqlay olmaslik kabi holatlar kuzatilishi mumkin. Olimlar Parkinson kasalligi va hid bilishning susayishi o‘rtasida qanday bog‘liqlik borligi borasida aniq to‘xtamga kelmagan, shunga qaramay bir narsa aniq: hid bilishning susayishi kasallikka xos simptomlardan. Parkinsonga chalingan bemor miyasida shakllanadigan alfa-sinuklein oqsili, hidga javob beradigan qismni bloklashi mumkin, degan ehtimol ham yo‘q emas. Agar hid bilish bilan muammo uzoq vaqt kuzatiladigan bo‘lsa, shifokorga murojaat qilishni ortga surmaslik kerak.

Uyqusizlik

Organizmdagi barcha jarayonlarning me’yorda ishlashi va dam olishi uchun muhim bo‘lgani sabab ham uyqu buzilishida muammo kuzatilishiga befarq bo‘lmaslik kerak. Uyquning buzilishi va uyqu vaqti alahsirash kabi holatlar Parkinson kasalligi rivojlanayotganidan darak berishi mumkin.

Husnixatning o‘zgarishi

To‘satdan u yoki bu kishi yozuvida o‘zgarish kuzatilishi, kattalashishi yoki maydalashib ketishi ham ushbu kasallikka xos simptomlardan. Shuningdek, so‘zlar talaffuzida ham muammo kuzatilishi mumkin. Yozuvning avvalgidan o‘zgarishi va tushunarsiz bo‘lishini payqasangiz, befarq bo‘lmang.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.