Yanglish tarzda zararli deb hisoblanadigan 5 mahsulot
Parhezga amal qilayotgan va salomatligiga befarq bo‘lmagan kishilar nafaqat fastfud, tozalangan shakar va boshqa zararli mahsulotlardan ham tiyilishi kerak. Ammo ko‘pincha, kaloriyasi ko‘p deb hisoblangani sabab ayrim foydali mahsulotlarni iste’mol qilmaslik hollari ham kuzatiladi.
Foto: FreepikTuxum
Tuxumning oqi omlet va mazali nonushtalar tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Tuxumning sarig‘ida esa JSST mutaxassislari aytishicha, ko‘p miqdorda yog‘ bo‘ladi. Ammo tuxumning aynan ushbu qismida organizm uchun muhim to‘yinmagan yog‘lar bo‘ladi. Bundan tashqari, foydali oziqa moddalari А, В2, В5, В9, D va К vitaminlarini ichiga oladi.
Sut mahsulotlari
Laktozaga allergiyangiz bo‘lmasa sut mahsulotlarini yog‘i olingan variantini xarid qilish tavsiya qilinmaydi. Gap shundaki, har qaysi sut mahsulotida ma’lum miqdorda yog‘ bo‘lishi tabiiy. Yog‘sizlantirish uchun esa mahsulot bir qancha qayta ishlash bosqichlaridan o‘tadi, bu jarayonda ta’mi va ko‘rinishi o‘zgaradi. Tozalangan shakar, kraxmal, ta’m va hid kuchaytirgichlar, xususan bo‘yoq va konservantlar qo‘shiladi. 5 foizli tvorog yog‘sizidan ko‘ra zararsizroq bo‘ladi.
Konservalangan mahsulotlar
Ko‘pchilik konservalangan mahsulotlarning tarkibi sabab zararli deb hisoblaydi aslida esa bunday mahsulot salomatlikka zarar yetkazmaydi. Konservalanish jarayonida yog‘da eriydigan A, D, E va K vitaminlari, shuningdek, kaliy, magniy va marganets deyarli to‘liq saqlanib qoladi. Sifati past yoki noaniq qo‘shimcha mahsulotlar qo‘shilgani sabab shakar solingan siropli shaftoli yoki tomat sousli tunets foydali bo‘lmasligi mumkin, ammo o‘zining sharbatiga konservalangan mahsulotlar hech qanday zarar yetkazmaydi.
Qahva
Ko‘p miqdorda qahva ichish salomatlikka zarar yetkazishi mumkin, lekin kuniga 1—2 finjon ichilsa ushbu “baxt eliksiri” faqat va faqat foyda keltirishi mutaxassislar tomonidan isbotlangan. Asab tizimini yaxshilaydigan qahva, shuningdek, ish samaradorligi va diqqatni oshirishga hissa qo‘shadi. Shu bilan birga, polifenolga boy ekani bilan eng yaxshi antioksidant hisoblangan ushbu ichimlik erta qarish va surunkali kasalliklarni oldini oladi.
Dukkakli mahsulotlar
Avokado va lasosda kraxmal va kaloriya dukkakli mahsulotlardan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi. O‘simlik oqsili va ko‘plab vitamin va minerallarning koni bo‘lgan dukkakli mahsulotlar, qolaversa, vaznning me’yorda bo‘lishiga yordam beradigan hamda oshqozon ichak-trakti salomatligida muhim rol o‘ynaydigan kletchatkalarni ham o‘z ichiga oladi.
Manba