Salomatlik Salomatlik To‘yimli va foydali: To‘g‘ri nonushta uchun muhim bo‘lgan 6 mahsulot

To‘yimli va foydali: To‘g‘ri nonushta uchun muhim bo‘lgan 6 mahsulot

O'qildi: 260


To‘yimli va foydali: To‘g‘ri nonushta uchun muhim bo‘lgan 6 mahsulot

Nonushta nafaqat kun davomida energiyaga to‘la bo‘lish, balki kayfiyat a’lo darajada bo‘lishining ham garovi hisoblanadi. Foydali mahsulotlar bilan qilingan to‘g‘ri tanovul kun bo‘yi to‘q tutgani sabab kishi pala-partish ovqatlanmaydi, organizmda esa muammo kuzatilmaydi.

Foto: Freepik

Tuxum

Tuxumni har kuni iste’mol qilish, shu bilan birga turli usulda tayyorlash mumkin. Tayyorlashga uzoq vaqt ketmasligi esa ertalabdan ish yoki o‘qishga shoshadiganlar uchun ayni muddao. Tuxumning sarig‘ida bir qancha ko‘z kasalliklari, xususan, kataraktaning oldini olish xususiyatiga ega bo‘lgan antioksidantlar lyutein va zeaksantin bisyor bo‘ladi. Shuningdek, ushbu mahsulot miya va jigar salomatligi uchun muhim bo‘lgan muhim oziqa moddasi xolinni o‘z ichiga oladi. Uch dona katta tuxumda 20 gramm yuqori sifatli oqsil mujassam bo‘ladi.

Yogurt

Mazali va qorinni to‘q tutish xususiyatiga ega bo‘lgan mazkur yogurtni nafaqat o‘zini, balki yong‘oq, asal va mevalar bilan ham qo‘shib iste’mol qilish mumkin. Yogurtda ochlik hissini bartaraf etadigan, shuningdek, metabolizmni jadallashtirib, to‘q bo‘lishni ta’minlaydigan oqsillar mo‘l bo‘ladi.

Qahva

“Baxt eliksiri” deb ta’rif beriladigan qahva tarkibidagi kofein uyg‘onishga yordam beradi, kayfiyatni ko‘taradi. Biroq uni me’yorida iste’mol qilish hamda mazali bo‘lishi uchun boshqa qo‘shimchalarni qo‘shib, kaloriya ortib ketmasligiga e’tibor berish kerak.

Ko‘k choy

Qahvani yoqtirmaydiganlar uchun ko‘k choy eng yaxshi variant. Bir finjon ko‘k choy tarkibida qahvadagidan ikki karra kam kofein mavjud.

Suli yormasi

Mazkur foydali yorma tarkibida xolesterinni kamaytirish uchun hissasi yuqori bo‘lgan, shuningdek, salomatlik uchun foydali kletchatkalar miqdori ko‘p bo‘lgani sabab ham undan tayyorlangan bo‘tqa bilan tongni boshlash tavsiya qilinadi.

Chia urug‘i

To‘yimli hisoblangan chia urug‘i ham suli yormasi singari kletchatkalarning koni. O‘tkazilgan tadqiqotlarda qandli diabetga chalingan bemorlar muntazam ravishda chia urug‘ini iste’mol qilganidan keyin ochlik hissini tuyishi kamaygani hamda qondagi qand miqdori va arterial qon bosimi me’yorga kelgani aniqlangan.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.