Salomatlik Salomatlik Qahva o‘rnini bosadi: Ertalabdan energiya bilan ta’minlaydigan 10 mahsulot

Qahva o‘rnini bosadi: Ertalabdan energiya bilan ta’minlaydigan 10 mahsulot

O'qildi: 351


Qahva o‘rnini bosadi: Ertalabdan energiya bilan ta’minlaydigan 10 mahsulot

Ko‘pchilik uyquni qochirish va energiyaga to‘la bo‘lish uchun tongni qahva bilan qarshi oladi. Ushbu ichimlikning “baxt eleksiri” ekani va kayfiyatni ko‘tarishi rost, ammo kofein miqdori me’yordan oshib ketsa salomatlik bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi. Shu sabab ham uning o‘rniga tetiklashtiruvchi, shu bilan birga tabiiy mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Kinoa

Foydali moddalar, o‘simlik oqsili, temir, kalsiy, magniy va murakkab uglevodlarning koni bo‘lgan mazkur yorma organizmni energiya bilan ta’minlaydi. Qolaversa, qondagi qand miqdorining keskin ko‘tarilishiga sababchi bo‘lmaydi.

Asal

Nonushtaga shirinlik yoki qandolat mahsulotlari iste’mol qilmang, buning o‘rniga tabiiy asalga e’tibor qarating. Glikemik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lmagan ushbu mahsulot qondagi qand miqdoriga ta’sir qilmagan holda shirinlikka bo‘lgan moyillikni qondiradi.

Ismaloq

Ko‘katlar, xususan, ismaloq organizmdagi hujayralar va a’zolarni kislorod bilan ta’minlash xususiyatiga ega bo‘lgan temir moddasiga boy hisoblanadi. Qolaversa, energiyaga ega bo‘lishda ahamiyatli bo‘lgan kletchatka, magniy va foli kislotasining ham manbasi.

Bodom

Kunning o‘rtasiga kelib mudroq bosishidan shikoyat qiladiganlar uchun nonushtaga bodom yeyish tavsiya qilinadi. Monoto‘yingan yog‘ va B guruhi vitaminlariga boy bo‘lgan ushbu mahsulot tez tetiklashtirish xususiyatiga ega. Tamaddi vaqtida bodom yeyilsa, kechgacha qahvasiz ham energiyaga to‘la yurish mumkin bo‘ladi.

Losos

Qizil baliqda hazm jarayonida tetiklashishga hissa qo‘shadigan moddalar — oqsil, riboflavin, niatsin, piridoksin va omega-3 yog‘ kislotalari bisyor bo‘ladi.

Lavlagi

Lavlagi ham ismaloq va boshqa sabzavotlar singari temirning koni hisoblanadi. Uni muntazam iste’mol qilish gemoglobinni ko‘taradi, hujayralarning kislorod bilan ta’minlanishini yaxshilaydi. Tarkibidagi C vitamini esa organizmni sovuq haroratda viruslardan himoya qiladi.

Apelsin

Mazkur sitrus meva organizmda energiya ishlab chiqarilishida muhim rol o‘ynaydigan riboflavinning koni. Apelsinda, shuningdek, C vitamin, foli kislotasi va kaliy ham mo‘l bo‘ladi.

Banan

Bananda uyg‘ongandan keyin organizmni energiya bilan to‘ldiradigan barcha zarur moddalar uglevodlar, kletchatka, kaliy va B6 vitamini mavjud. Shu sabab ham nonushtaga banan qo‘shib tayyorlangan kokteyl iste’mol qilish yoki bananni o‘zini butunligicha yeyish tavsiya qilinadi.

Yormalar

Butun yormalardan tayyorlangan bo‘tqalar kletchatka va murakkab uglevodlarga boy ekani sababli kun davomida energiyaga boy bo‘lishingizni ta’minlaydi. Shu sabab ham suli yormasi, jigarrang guruchni taomnomaga kiritish tavsiya qilinadi.

Tuxum

Tuxum tarkibida barcha aminokislotalar mavjud ekani sabab ham uning iste’molidan keyin inson o‘zini energiyaga to‘la his qiladi. Qolaversa, tuxumda sog‘lom ovqatlanish uchun ahamiyatli bo‘lgan katta miqdorda oqsil va B guruhi vitaminlari ham bisyor.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.