Yashirin xavf: sochlarni quritmay uxlash qanday oqibatlarga olib keladi?
Ko‘pchilik bolaligidanoq ho‘l sochlar bilan uxlash yaxshi emasligini eshitgan, butun dunyo onalari millati va dinidan qat’i nazar bu haqda juda ko‘p takrorlaydi. Terapevt va stilistlarning maslahati ham xuddi shunday, onalarning tavsiyasiga qarshi chiqish befoyda. Shuning uchun ham ho‘l sochlar ortiga yashiringan xavfga oydinlik kiritish vaqti keldi.
Foto: “compoferrum.ru”Shamollash ehtimoli juda yuqori
Bu shuni anglatadiki, bosh sovuqni his qilishi va natijada yotoqxonadan chiqmasdan ham shamollash ehtimoli yuqori bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar bu borada turlicha fikr bildiradi. Har qanday shifokor shamollash – bu harorat o‘zgarishi tufayli tanada paydo bo‘lmagan virus deb aytishi tabiiy va bu tadqiqot bilan tasdiqlangan. Xuddi ular aytganidek, nam sochlar, shuningdek, paypoq, poyabzal va qo‘lqoplarni ho‘lligicha kiyish ham xuddi shu tarzda immunitet tizmini buzadi. Sababi namlik tufayli tana sovuganda qon tomirlari torayib, virusga qarshi kurashadigan leykotsitlarning erkin kirishiga xalaqit beradi, ya’ni namlik allaqachon shamollashning avj olishiga yordam beradi. Umuman olganda, bunday vaziyat yaxshi emas, shu tufayli bir qancha muammolarning oldini olish uchun iliq yotoqxonada quruq sochlar bilan uxlash tavsiya etiladi.
Foto: “health.24.ua”Sochlarga zarar yetishi mumkin
Albatta, shunday bo‘lishi aniq. Mashhur sartarosh Jon Rujeroning aytishicha, ho‘l sochlar bilan uxlash yaxshi emas, chunki uyg‘onganda Xellouin bayramidan tashqari, har qanday ayol sochini turmaklaydi. Ammo sochlarning betartibligi tufayli yana ularni qaytadan yuvishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Agar ho‘l sochlar bilan uxlashni vaziyat taqazo qilsa, mutaxassis bu borada bir nechta maslahatlar berib o‘tgan. Bunda sochdagi chigallarni yechish uchun oz miqdorda konditsioner qo‘llash kerak. Agar sochlar uzun bo‘lsa, uning yengil o‘rib qo‘yish mumkin. Shuningdek, ularni dumaloqlab qo‘yilsa, erta tongdan chidamli hamda chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, mutaxassislar atlas qoplamali yostiqlarni tavsiya etadi. Bu sochlarning tezroq qurishiga hamda yostiq yuzasida erkin harakatlanishga imkon beradi. Ayniqsa, ertalabda sochlarning betartibligi va chigalini bartaraf etadi. Qolaversa, paxta, ipak qoplamali yostiqlar bosh hamda yuz terisi uchun foydali. Chunki ular ajinlar paydo bo‘lishining oldini oladi.
Manba