Salomatlik Salomatlik Ko‘rish qobiliyati uchun foydali mahsulotlar

Ko‘rish qobiliyati uchun foydali mahsulotlar

O'qildi: 280


Ko‘rish qobiliyati uchun foydali mahsulotlar

Ko‘zlarning salomatligi nafaqat sog‘lom turmush tarziga amal qilish, balki ratsiondan qanday mahsulotlar o‘rin olganiga ham bog‘liq bo‘ladi.

Foto: Harper’s Bazaar

Losos

Omega-3 yog‘ kislotasiga bisyor bo‘lgan ushbu baliq mahsuloti foydali ekani bilan o‘ziga xosdir. Ko‘z bilan bog‘liq muammolarning oldini olish uchun ushbu mahsulotni ratsionga kiritish tavsiya qilinadi. Uni salatga qo‘shish, dimlash yoki gril qilib pishirish xohishingizga havola.

Batat(shirin kartoshka)

Olovrang meva va sabzavotlar ko‘zning qorong‘ida ko‘rishga moslashishini yaxshilaydigan beta-karotinga boy sanaladi. Shirin kartoshkada, shuningdek, C vitamini kunlik me’yorining yarim qismi hamda E vitamini mujassam bo‘ladi.

Tuxum

Tuxumning sarig‘ida ko‘z uchun foydali bo‘lgan lyutein, rux moddasi, zeaksantin va A vitamini bisyor. So‘nggi ikki element ko‘zlarni zararlanishdan himoya qiladi, lyutein esa katarakta va boshqa ko‘z kasalliklarining kelib chiqish xavfini kamaytiradi.

Bodom

Bodom sog‘lom hujayralarni barqaror bo‘lmagan molekulalardan himoya qiluvchi E vitaminini o‘z ichiga oladi. Ushbu mahsulotni yetarli miqdorda tanovul qilish yosh bilan bog‘liq degeneratsiya, shuningdek, kataraktaning ham oldini oladi. Uni ratsionga qo‘shish hamda tamaddi vaqti iste’mol qilish mumkin.

Sut mahsulotlari

Yogurt, sut, kefir singari mahsulotlarni ta’bga qarab tanlash mumkin. Ulardagi A vitamini ko‘zning muguz pardasini himoya qiladi, rux moddasi esa kataraktaning oldini oladi.

Sabzi

Sabzi ham beta-karotinning koni hisoblanadi. Uni xomicha iste’mol qilish yoki sho‘rva va salatlarga qo‘shib, pishirib yeyish ham mumkin. Ushbu sabzavot va dolchin qo‘shib tayyorlanadigan pirog, ayniqsa, kuz faslida dolzarb bo‘ladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.