Salomatlik Salomatlik 50 yoshdan keyin yeyish tavsiya qilinmaydigan mevalar

50 yoshdan keyin yeyish tavsiya qilinmaydigan mevalar

O'qildi: 363


50 yoshdan keyin yeyish tavsiya qilinmaydigan mevalar

Biz doimo mevalarning sog‘lig‘imiz uchun qanchalik foydali ekanini ta’kidlab kelamiz. Endi esa ularning zararli tomonlari haqida to‘xtalmoqchimiz. Asalning ham ozi shirin. Me’yorga rioya qilinmagan hollarda har qanday mahsulot aks ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mevalar foydali, ammo hamma uchun emas.

Yosh o‘tgani sayin oshqozon-ichak traktining ovqat hazm qilish funksiyalari buziladi. Shu sababli avval bemalol hazm qilingan mevalar yoqimsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Quyida kimlarga qanday hollarda mazkur mevalar tavsiya etilmasligi haqida gaplashamiz.

Olma

Foto: Getty Images

Olmaning ba’zi navlari tarkibida kislota miqdori juda yuqori bo‘lib, bu ko‘plab kasalliklarning kuchayishiga sabab bo‘ladi. Mazkur meva pankreatit, xolesistit, gemorroy va yarali kolit bilan og‘rigan bemorlar uchun xavflidir. Shuningdek, qorin dam bo‘lishidan aziyat chekadiganlar uchun ham olma tavsiya etilmaydi. Chunki olma kimyoviy ishlov berilishi natijasida o‘zida zararli moddalarni, shu jumladan, pestitsidlarni to‘playdi.

Mavzuga doir: Har kuni olma iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarish ro‘y beradi?




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.