Salomatlik Goʼzallik Makiyajdan voz kechilsa, yuz terisida qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?

Makiyajdan voz kechilsa, yuz terisida qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?

O'qildi: 270


Makiyajdan voz kechilsa, yuz terisida qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?

Har kuni ertalab makiyaj qilish uchun juda ko‘p sabablar bor, ammo ma’lum bo‘lishicha, qarshi dalillar ulardan ham jiddiyroq bo‘lishi mumkin, deb yozadi “Domashniy ochag”.

Foto: “Domashniy ochag”

Ayollarning aksariyati bo‘yanishni xuddi yuvinish, nonushta qilish yoki mashq qilish kabi tongning bir qismi deb qabul qilgan. Pardoz terining afzalliklarni ta’kidlash va kamchiliklarni yashirish imkonini beradi. Kosmetika bozori doimo rivojlanib, makiyaj mahsulotlar teri uchun xavfsizroq bo‘lib bormoqda. Ammo shunga qaramay, makiyajni to‘xtatgan odamning teri holatidagi farqlar o‘quvchilarni hayratda qoldirishi tabiiy.

Teri qurimaydi

Pardoz terini yaxshi ko‘rinishga olib keladi, lekin bu terining tabiiy yangilanish jarayoniga to‘sqinlik qiladi. Ayniqsa, agar kosmetika to‘g‘ri tozalanmasa va terida uning zarralari qolsa, bu juda yomon. Uxlashdan oldin yuzni yuvganda paydo bo‘ladigan eng katta muammolardan biri shundaki, terining o‘lik hujayralari yangilari bilan almashinadigan tabiiy qobiq paydo bo‘lishi qiyinlashadi. Quruq teri to‘plangan o‘lik teri hujayralarining belgisidir. Makiyaj tozalanganda, terini to‘sqinliksiz yangilanishiga imkon beriladi va qayta tiklanadi.

Ajinlar kamayadi

Ko‘pchilik 25 yoshida ham yoshroq ko‘rinishga intilib, makiyajga muojaat qiladi. Biroq aslida, kosmetik vositalar ajinlarning nozik chiziqlariga joylashadi va ularni yashirish o‘rniga, aksincha ta’kidlaydi.

Teri teshiklari qisqaradi

Har safar makiyajdan so‘ng mayda zarralar teri teshiklarida to‘planadi. Yuqoridan esa o‘rab turgan chang qo‘shiladi. Natijada teshiklar kengayadi va tiqilib qoladi. Makiyajsiz toza yuzdagi teshiklar kichrayadi va tez-tez yuzni changdan tozalash va uni yangilash imkoniyati paydo bo‘ladi.

Husnbuzar toshmaydi

Makiyajdan so‘ng bakteriyalar yuz terisiga tushadi. Ular kosmetika mahsulotlari, cho‘tka va gubkalar ustida yashaydi. Natijada teshiklar nafaqat iflos, balki bakteriyalar tomonidan zararlanadi, bu esa qizarish va husbuzar toshishiga olib keladi. Afsuski, yana ushbu muammolar kosmetika bilan yopiladi va vaziyat yanada chigallashadi.

Ko‘z bilan bog‘liq muammolar kamayadi

Aksriyat ko‘z uchun mo‘lajallangan kosmetik mahsulotlari qizarishga olib kelishi mumkin bo‘lgan konservantlarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ten va tush tanlaganda alohida e’tibor qaratish tavsiya etiladi. Bakterial xavfli bo‘lishdan tashqari, ular teriga ham zarar yetkazishi mumkin. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ko‘z uchun mo‘ljallangan kosmetika sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy jarohatlardan biri shox pardaning shikastlanishidir. Kosmetik vositalar bo‘yanish paytida shox pardani tirnash mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.