Foydami yoki zarar: Nonushta qilishdan butunlay voz kechilsa organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?
Ish yoki o‘qishga shoshish sabab ko‘pchilik nonushta qilishga ulgurolmaydi yoki shunchaki qahva ichishning o‘zi bilan cheklanadi. Ammo kunning birinchi qismida foydali mahsulotlarni iste’mol qilinmasligi nafaqat salomatlik, balki kayfiyatga ham ta’sir qilmay qolmaydi.
Ortiqcha vazn
Tongda ovqatlanmaslik ozishga olib keladi deb o‘ylaganlar yanglishadi, ayrim tadqiqotlarda nonushta qilmaslik nafaqat bolalar, balki kattalarning ham semirishiga olib kelishi aniqlangan. Gap shundaki, inson tongda hech nima yemagani hisobiga keyinroq yoki kechasi ko‘proq ovqatlanishi mumkin. Bu odat esa ortiqcha vazn to‘planishining garovi.
Foto: Woman’s DayYomon kayfiyat
Nonushta qilmaslik kayfiyat buzilishiga olib keladi. Tongda hech nima yemaydigan kishilar depressiyadan aziyat chekadi. Qolaversa, hafta davomida 4 yoki 5 marta nonushta qilmaslik, ikkinchi darajali qandli diabetning kelib chiqish xavfini 55 foizga ko‘paytiradi. Bu qondagi qand miqdorining kam ekani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Qondagi glyukoza miqdorining kamayishi kayfiyatda o‘z aksini topadi, kishi tez asabiylashadi va achchiqlanadi.
Tushki soat 12 dan 4 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida charchash
Uzoq vaqt davomida och yurish, qondagi glikogen miqdorining kamligi hisobiga organizm ishlash uchun energiyani qayerdan olishni bilmaydi. Energiyaning eng yaxshi manbayi nonushta hisoblanadi, ammo tongda ovqatlanmaslik sabab bir necha soatdan keyin bo‘shashishga olib keladi. Diqqat qilish qiyin bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida charchoq kuzatiladi.
Tiniq fikrlash
Tadqiqotlarda uzuq-uzuq och yurishning bir qancha samarasi borligi isbotlangan. 8 soat davomida ovqatlanish mumkinligi va 16 soat och yurish bilan namoyon bo‘ladigan mazkur ovqatlanish turi miya va xotira uchun darhaqiqat foydali. Ammo parhez muntazam bo‘lmasa, bunday ovqatlanish miya faolligiga salbiy ta’sir qilishi ham mumkin.
Qarish jarayonining sekinlashishi
Nonushta qilmaslik qarishning jadallashishiga hissa qo‘shadi. Vaqti-vaqti bilan och yurish va kaloriyaning cheklanishi o‘sishga ta’sir qiladigan gormon va insulin miqdorining oshishiga ta’sir qiladi.
Jig‘ildon qaynashi
Nonushta qilmaganlik hisobiga oshqozonda kislota ko‘payadi. Bu esa jig‘ildon qaynashiga olib keladi.
Bosh og‘rig‘i va migren
Noto‘g‘ri ovqatlanish, och yurish bosh og‘rig‘i va migrenga sabab bo‘ladi. Bunday bosh og‘rig‘i aksariyat hollarda ko‘ngil aynishi bilan birga kechadi. Qolaversa, rang oqarishi va terlash singari boshqa simptomlar ham kuzatilishi mumkin.
Stress gormonining ko‘p ajralishi
Nonushta qilmaslik stress gormoni kortizolning ko‘p ajralishiga sabab bo‘ladi. Uzoq vaqt ovqatlanmasdan yurishni organizm stress singari qabul qiladi. Buning hisobiga jizzakilik va xavotir kuzatiladi.
Og‘izdan badbo‘y hid kelishi
Nonushta qilmagani kishilarda ushbu muammo ikki karra ko‘p kuzatiladi. Gap shundaki, ertalabdan foydali mahsulot yemaganlik hisobiga og‘izdagi bakteriyalar ko‘payadi. Qolaversa, bu muammo oshqozon bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Menstrual siklning buzilishi
Tadqiqotlarda, nonushta qilmaslik menstrual siklda muammo kuzatilishi bilan bog‘liqligi aniqlangan. Shu sabab ham bu kabi muammolarga duch keladigan ayollarga tongda ovqatlanishni kanda qilmaslik tavsiya qilinadi.
Manba