Ozishni istaganlar uchun tunda iste’mol qilish tavsiya etiladigan mahsulotlar
Ozishni xohlaganlar kechki 18:00 dan keyin ovqat yemasligi kerak, degan umumiy qoida mavjud. Ammo bu shunchaki afsona. Aslida vazn tashlashda kechalari tanovul qilish mumkin bo‘lgan mahsulotlar bor. Ular bilan quyida tanishib chiqish mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Sut mahsulotlari
Kefir, suzma, tvorog, tabiiy yogurt — hammasi oqsil manbalari bo‘lib, ular tanada yaxshi so‘riladi, tanani zo‘riqtirmaydi va ortiqcha yog‘ saqlamaydi. Ular vazn yo‘qotishga yordam beradigan ajoyib tungi mahsulotdir. Asosiy qoida shundaki, bu mahsulotlarning barchasi biroz sho‘r bo‘lishi kerak!
Sut
Iliq sut nafaqat oqsilni, balki triptofanni ham o‘z ichiga oladi. Bu organizmni tinchlantiradi va uyquchanlikni keltirib chiqaradi. Inson qanchalik yaxshi uxlasa, ertasi kuni energiya zaxiralarini shirinlik va yog‘li mahsulotlar bilan to‘ldirish xavfi kamayadi.
Tuxum
Ortiqcha kilogrammni yo‘qotish uchun tuxumni nafaqat nonushta uchun, balki kechasi ham iste’mol qilish kerak. Shuningdek, sog‘lom oqsil manbasi. Eng yaxshisi qaynatilgan tuxum yoki pomidor va ismaloq bilan pishirilgan tuxumli omlet tanovul qilish tavsiya etiladi.
Parranda go‘shti
Tovuq yoki kurka go‘shti metabolizmni yaxshi darajada ushlab turadi va uyquga xalaqit bermaydi. Shuningdek, A, E, B vitamin va minerallarning to‘liq to‘plamidir. Parranda go‘shtida uglevodlar deyarli yo‘q, shuning uchun u vazn yo‘qotish uchun kechasi istemol qilish mumkin bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Baliq
Baliqning yog‘i juda kam, lekin foydali oqsili mavjud. Vazn kamaytirish uchun kechasi yog‘i kam baliqlarni tanovul qilish tavsiya etiladi.
Pishirilgan sabzavotlar
Qovurilgandan so‘ng sabzavotlarda kletchatka osonroq so‘riladi. Kechki ovqat uchun sabzavotlarni qaynatish, qovurish yoki pishirish mumkin. Ular mukammal hazm qilinadi va ichakdan toksinlarni olib tashlaydi. Sabzavot iste’mol qilishda asosiy qoida shuki, ularni yog‘siz pishirish va iloji boricha ozroq tuzlash lozim.
Rezavorlar
Kilogramm kamaytirishning yana bir samarali usuli — uxlashdan oldin rezavor mevalarni iste’mol qilish. Bir stakan qulupnay yoki malina tarkibi 70 kaloriyadan oshmaydi va ko‘p miqdorda vitamin va antioksidantlar mavjud. Bundan tashqari, ular ichak faoliyatini rag‘batlantiradi.
Manba