Uzoq umr ko‘rishga hissa qo‘shadigan 6 mahsulot
Annals of Internal Medicine nashrida e’lon qilingan ma’lumotlarga qaraganda, tarkibida omega-3 yog‘ kislotasi bisyor bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanish xavfini kamaytiradi. Maqola mualliflari 16 yil davomida deyarli 3 mingga yaqin ko‘ngilli ishtirokchini kuzatgan va omega-3 ga boy bo‘lgan mahsulotlarni muntazam ravishda iste’mol qilgan kishilarda yurak kasalliklari sabab kelib chiqishi mumkin bo‘lgan o‘lim xavfi 35 foizga kamayganini aniqlagan.
Foto: FreepikZig‘ir yog‘ va doni
Pishiriqlar va yogurtga qo‘shish mumkin bo‘lgan zig‘ir donining bir qoshig‘ida 2300 mg omega-3 yog‘ kislotasi mujassam bo‘ladi. Yog‘i esa salat uchun ayni muddao hisoblanadi. Uning bir qoshig‘ida deyarli 5 kunlik me’yor mujassam. Ammo zig‘ir yog‘ini qovurish emas sovuq taomlar uchun ishlatish kerak.
Yovvoyi guruch
Shimoliy Amerikada o‘sadigan yovvoyi o‘simlik doni omega-3 yog‘ kislotasidan tashqari kletchatka va B guruhi vitaminlari, marganets, kaliy, fosfor, shuningdek, magniyning koni sanaladi. Ushbu guruchning 100 grammida atigi 100 kaloriya bo‘ladi.
Tuxum
Parhezshunoslar yurak-qon tomir kasalligidan aziyat chekadigan insonlar ratsionidan tuxum o‘rin olishi kerakligini ta’kidlaydi. Tarkibida oqsil ko‘p bo‘lgani sabab ham ushbu mahsulot qorinni to‘q tutadi va buning hisobiga vazn tez to‘planmaydi. D vitamini va omega-3 bisyor bo‘lgan tuxum bilan tongni qarshi olish tavsiya qilinadi.
Soya dukkaklari
Vegetarian parheziga amal qilayotganlar uchun ayni muddao bo‘lgan ushbu mahsulotning 1 porsiyasida 280 mg omega-3 yog‘ kislotasi, shuningdek, oqsil va kletchatka mujassam bo‘ladi.
Yong‘oq
Bir hovuch yong‘oq omega-3 yog‘ kislotasining ikki kunlik me’yori sanaladi. Uni salatlar, pishiriqlarga qo‘shish yoki shunchaki o‘zini yeyish kerak.
Sut mahsulotlari
Kalsiy, D vitamin, qolaversa, omega-3 yog‘ kislotalariga boy bo‘lgani sabab ham yog‘li sut mahsulotlarini iste’molini kanda qilmaslik kerak. Baliq yoki dengiz mahsulotlarini yeya olmaydiganlarga shunchaki bir stakan vitaminlarning koni bo‘lgan sut ichish tavsiya qilinadi.
Manba