Salomatlik Salomatlik Quyosh vannasi va suyaklar mustahkamligi uchun muhim yana 10 ta tavsiya

Quyosh vannasi va suyaklar mustahkamligi uchun muhim yana 10 ta tavsiya

O'qildi: 271


Quyosh vannasi va suyaklar mustahkamligi uchun muhim yana 10 ta tavsiya

Yosh o‘tishi bilan suyaklar mo‘rtlashgani sabab osteoporoz va osteoartrit kasalliklarining paydo bo‘lish xavfi yuqori bo‘ladi. Turkiyalik shifokor Ahmet Inanir suyaklar salomatligini saqlash va uzoq yillar davomida faol bo‘lish uchun nimalarga amal qilish kerakligi haqida ma’lumot beradi.

Foto: Freepik

D vitamini

D vitamin suyaklar mustahkamligi uchun organizmning asosiy yordamchilaridan biri sanaladi. Ushbu vitamin mahsulot tarkibidagi kalsiyni yaxshi singishini ta’minlaydi, shuningdek, suyak to‘qimasining regeneratsiyasiga javob beradigan hujayralarni rag‘batlantiradi. Quyoshning ultrabinafsha nurlar ta’sirida mazkur vitamin organizmda ko‘proq ajraladi. Quyosh vannasi ham bu borada yaxshi yordam berishi mumkin. Sut ichish, tuxum, kartoshka, baliq va qo‘ziqorin iste’mol qilish ham organizmning ushbu vitaminga bo‘lgan ehtiyojini qoplashga yordam beradi.

Kalsiy

Kalsiy suyaklar, umuman olganda organizm uchun juda ham muhim sanaladi. Ammo o‘zi yaxshi singmagani sabab ham uni D vitamini bilan birga qabul qilish tavsiya qilinadi. Organizmdagi kalsiy yetishmasligi o‘rnini bosish uchun baliq, bodom, yong‘oq va ko‘katlarni kanda qilmaslik kerak.

Fosfor

Fosfor yetishmasligi nafaqat suyaklarning mo‘rtlashishi, balki tishlar bilan bog‘liq muammolarning ko‘plab kuzatilishiga ham olib keladi. Tarkibida oqsil bo‘lgan mahsulotlarni taomnomadan chiqarib tashlaganlar, shirin gazlangan ichimlik iste’mol qiladiganlarda, ayniqsa bu kabi holatlar ko‘p bo‘ladi. Fosfor balansda bo‘lishi uchun baliq, tovuq va sut iste’mol qiling.

C vitamini 

Kollagen ishlab chiqarilishi uchun javob beradigan mazkur vitamin sitrus mevalar, shuningdek, qulupnay va yashil bulg‘ori qalampirida bisyor bo‘ladi. Kollagenning yetarli miqdorda ekani pay cho‘zilishi kabi muammolarning oldini olib, faol, egiluvchan bo‘lishga yordam beradi.

K vitamini

Oqsil sintezida ishtirok etadigan mazkur vitamin, shuningdek, suyaklarning mineral to‘yinish jarayonida ishtirok etadi. Qolaversa, kalsiyni organizmga yaxshi singishiga hissa qo‘shadi. Zaytun yog‘i, ko‘katlar, lavlagi va ko‘k choy ushbu vitaminning koni sanaladi.

B12 vitamini

Suyaklarning qayta tiklanishida muhim rol o‘ynaydigan mazkur vitamin yetishmaganda, organizmga kollagen singishi qiyinlashadi. Bu paylarning bo‘shashishi hamda osteoporozga olib keladi. B 12 vitaminiga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun qizil go‘sht, sut va tuxumni kanda qilmaslik kerak.

Kaliy, A vitamini va omega-3 yog‘ kislotasi

Foydali ekani bilan o‘ziga xos bo‘lgan mazkur moddalar kalsiyning yaxshi singishida ham ahamiyatli sanaladi. Shu sabab ham kundalik ratsionga banan, yong‘oq, zig‘ir donlari, shuningdek, baliq va ko‘katlarni kiritish tavsiya qilinadi.

Tiyilish kerak bo‘lgan mahsulotlar

Qora choy, qahva va gazlangan ichimliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilmaslik, osteoporozni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan tuz hamda oqsildan tiyilish kerak.

Faol turmush tarziga amal qiling

To‘g‘ri va foydali mahsulotlarga asoslangan parhez tutish salomatlik uchun foydali, ammo sog‘lom turmush tarziga ham amal qilish kerak. Spirtli ichimlik, stress va kam harakatlilik urinishlaringiz besamar ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Sport bilan shug‘ullaning, kamroq asabiylashishga harakat qiling.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.