Har kuni sut ichilganida organizmda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?
Hozirgi kunda kimga va nimaga ishonishni ham bilib bo‘lmaydi. Chunki bir-biriga zid bo‘lgan yangi faktlar va tadqiqotlar mavjud. Ba’zilar sut foydali ekanini tasdiqlasa, boshqalari esa uni ratsiondan butunlay chiqarib tashlash yaxshiroq, degan fikrda. Xo‘sh, har kuni sut ichish mumkinmi?
Foto: “Domashniy ochag”Kundalik sut iste’mol qilishning foydalari va zararlari
Sut tarkibida kaliy, kalsiy, temir, fosfor, magniy, temir, A, B, C, D vitaminlari, shuningdek, oqsil va oson hazm bo‘ladigan yog‘lar kabi ko‘plab foydali moddalar mavjud. Biroq kattalar uchun har kuni sut ichish zararli. Bu ba’zi odamlarda ko‘ngil aynishi, diareya va gaz ishlab chiqarishni keltirib chiqaradi.
Husnbuzarlar sut ichishdan ham paydo bo‘lishi mumkin
Ma’lumki, barcha sut mahsulotlari orasida sut ko‘pincha yuz terisining yallig‘lanishiga olib keladi. Bu yallig‘anishni qo‘zg‘atuvchi D-galaktoza bilan bog‘liq. Teri iste’mol qilinadigan narsaga bir zumda reaksiya ko‘кrsatadi. Agar sut va toshmalar o‘rtasida bog‘liqlik sezilsa, ulardan xalos bo‘lishning eng oson yo‘li har kuni sut ichishni to‘xtatishdir. Ammo barcha sut mahsulotlarini ratsiondan chiqarib tashlab bo‘lmasa, sutni kefir yoki yogurt bilan almashtirish tavsiya etiladi. Bu esa kamroq yallig‘lanishni keltirib chiqaradi.
Sut qorinni dam qiladi
Afsuski, har yili laktoza mumkin bo‘lmagan odamlar soni ortib bormoqda. Chunki qorin dam bo‘lishi sut mahsulotlarini hazm qilish qiyinligi tufayli yuzaga keladi. Inson yoshi o‘tgan sari ovqat hazm qilish tizimi yukni yengish uchun shunchalik zo‘riqib ishlaydi. Shuning uchun, ko‘pchilik kattalar uchun har kuni sut ichish zararli ekani aniq.
Kundalik sut iste’moli tufayli ovqat hazm qilish muammolari
Ham foydali, ham yomon bakteriyalarni o‘z ichiga olgan sutni har kuni iste’mol qilish ovqat hazm qilish buzilishiga olib kelishi va ichak disbakterioziga olib kelishi mumkin, degan qarash mavjud. Bu ich qotishidan migrengacha bo‘lgan barcha turdagi muammolarni keltirib chiqaradi.
Sut vazn kamaytirishda yordam beradi
Sut haqida birinchi xushxabar!Ma’lum bo‘lishicha, har kuni ko‘p sut ichish orqali ortiqcha vazn haqida unutish mumkin. Hatto maxsus sutli pahezlar ham mavjud bo‘lib, unda vazn yo‘qotish kalsiy iste’mol qilishga bog‘liq. Kalsiy nafaqat suyaklarni mustahkamlaydi, balki organizmning yog‘ massasini parchalash qobiliyatini ham oshiradi. Hayvon oqsili ovqat hazm qilishni sekinlashtiradi va uzoq vaqt to‘qlik hissini beradi.
Sut oqsil manbasi hisoblanadi
Sut mushak massasini qurish uchun eng samarali vositalardan biridir. Ayniqsa, bodibildingchilar uchun har kuni sut ichish foydalidir. Albatta, yuqori sifatli sut tarkibida muhim aminokislotalar mavjud.
Sut — kalsiy manbasi
Ayollarda yosh o‘tgan sayin ularning metabolizm tezligi sekinlashadi, suyak to‘qimalarida kalsiy darajasi ham kamayadi. Suyaklar mo‘rt bo‘lib, osteoporoz xavfi ortadi. Sutdagi kalsiy va D vitaminining kombinatsiyasi organizmning qarishi bilan suyak mineralizatsiyasini yaxshilashda juda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun har kuni sut ichish skelet tuzilishini mustahkamlashga va osteoporozning oldini olishga yordam beradi. Biroq faqat kalsiyning o‘zi yetarli emas, chunki suyaklar kalsiy va magniydan iborat. Ularni kuchli va sog‘lom saqlash uchun ikkala mineralning muvozanatli iste’molini ta’minlash kerak, aks holda natija kitilganidek bo‘lmaydi.
Sut ichish saratonga olib kelishi mumkin
Sut organizmni ba’zi kasalliklardan himoya qilishiga qaramay, har kuni sut ichish zararli. IGF-1 oqsili saraton hujayralarining o‘sishini kuchaytirishini isbotlovchi tadqiqotlar mavjud. Kuniga ikki yoki undan ortiq stakan sut ichgan ayollarda tuxumdon saratoni tashxisi ikki baravar ko‘paygan. Shuningdek, diyetologlar qayta ishlangan yog‘siz sut ichishni tavsiya etmaydi.
Mavzuga doir:
- Har kuni kefir ichish natijasida organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?
- Nonushta uchun tvorogni qanday mahsulot bilan iste’mol qilish mumkin?
- Nonushta uchun tvorogni qanday mahsulot bilan iste’mol qilish mumkin?
Manba