Qalqonsimon bez faoliyatini yaxshilovchi mahsulotlar
Tanamizdagi deyarli barcha tizimlarning holati qalqonsimon bezning normal ishlashiga bog‘liq. Ko‘p miqdorda iste’mol qilingan shakar, uglevod, alkogol, transyog‘lar bilan to‘yingan tartibsiz ratsion qalqonsimon bez faoliyatining buzishiga, gipo/gipertireoz va boshqa kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Qalqonsimon bez faoliyatiga yordam beruvchi mahsulotlar bilan tanishing.
Selenga boy mahsulotlar
Foto: Legion MediaSelen — qalqonsimon bez gormonlarining konversiyasiga yordam beradigan va shu bilan metabolizmni ta’minlaydigan kimyoviy moddadir. Ratsionda selen qancha ko‘p bo‘lsa, qalqonsimon bez shuncha faol ishlaydi, natijada metabolizm yaxshilanadi. Braziliya yong‘og‘i, paltus balig‘i, sardiniya, kurka, tovuq tuxumi va ismaloq kabi mahsulotlar selenga boy hisoblanadi.
Mavzuga doir: Organizm uchun selen moddasi qay darajada muhim?
Manba