Salomatlik Salomatlik Yurak kasalligi haqida har bir ayol kishi bilishi kerak bo‘lgan 4 ta muhim fakt

Yurak kasalligi haqida har bir ayol kishi bilishi kerak bo‘lgan 4 ta muhim fakt

O'qildi: 356


Yurak kasalligi haqida har bir ayol kishi bilishi kerak bo‘lgan 4 ta muhim fakt

Yurak kasalligiga chalingan bemorlar soni kundan kunga ortib, dunyodagi har to‘rtinchi o‘limning bittasini tashkil qilmoqda. Shu bilan birga, ko‘pgina ayollar yurak xuruji hamda infarktni erkaklarning kasalligi, deb biladi. Gohida esa shifokorlar ham yurak xurujining o‘ziga xos alomatlarini inobatga olmaydi va ayollar kasalligini erkaklarga qaraganda kechroq bosqichida aniqlaydi. Shuning uchun ham ayollar bu borada bilishi kerak bo‘lgan 4 muhim fakt mavjud.

Foto: “Domashniy ochag”

Yurak kasalligi – bu “ayollar” kasalligi

Yurak kasalligidan har yili erkaklarga qaraganda ayollar 28 foizga ko‘proq vafot etadi. Ko‘pincha ayollarda yurak xuruji boshqacha tarzda namoyon bo‘ladi. Afsuski, bu alomatlar shifokorlar tomonidan e’tiborga olinmaydi va to‘g‘ri tashxisni juda kech qo‘yadi.

Yurak kasalligi ko‘krak bezi saratoniga qaraganda ancha xavfli

Hozirga qadar ayollar orasidagi o‘limning eng keng tarqalgan sababi ko‘krak bezi saratoni bo‘lishga qaramay, aslida yurak xurujidan vafot etayotganlar 10 barobarga ko‘proq. Albatta, bu ko‘krak tekshiruvidan muntazam ravishda o‘tib turishga hojat yo‘q, degani emas. Ammo yurak salomatligini ham e’tibordan chetda qoldirmaslikka harakat qilish lozim.

Yurak kasalliklari tobora yosharib bormoqda

Yurak kasalligining yildan yilga yosharib borishi har qanday ayol uchun xavfli, albatta. Ayniqsa, menopauzani boshdan kechirgan ayollarda bu hol ko‘proq kuzatiladi. Shuningdek, ortiqcha vazn, yuqori qon bosimi, chekish va boshqa zararli omillar 30 yoshdagi ayollarda ham yurak xuruji va infarktni keltirib chiqarishi mumkin.

Xavfning oldini olish mumkin

Sog‘lom turmush tarzi va uning yurak uchun foydalari haqiqatdir. Agar qarindoshlar orasida infarkt, yurak xuruji va boshqa yurak kasalliklariga chalingan insonlar bo‘lsa ham, uning kuzatilish xavfini sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Buning uchun qon bosimini nazorat qilish, chekishni tashlash, ortiqcha vazn to‘plamaslik, sport bilan muntazam shug‘ullanish doimgidek zerikarli tuyulishi mumkin. Ammo natijasi, albatta, namoyon bo‘ladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.