Salomatlik Salomatlik Saratonning oldini olish uchun nima yeyish va yemaslik kerak?

Saratonning oldini olish uchun nima yeyish va yemaslik kerak?

O'qildi: 330


Saratonning oldini olish uchun nima yeyish va yemaslik kerak?

Hech qaysi mahsulot saraton kelib chiqishi xavfini 100 foizga kamaytirmaydi, ammo qaysilaridandir tiyilish, boshqalarini esa aksincha kanda qilmaslikning uddasidan chiqilsa, rivojlanish xavfini kamaytirish mumkin bo‘ladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Sarimsoq piyoz

Tarkibida immunitetning himoya xususiyatini yaxshilaydigan oltingugurt sulfati mavjud ekani hisobiga ham shifokorlar sarimsoqni taomlarga qo‘shib tez-tez iste’mol qilish kerakligini ta’kidlaydi. Tadqiqotlarda sarimsoqni muntazam ravishda iste’mol qilish oshqozon saratonini 12 foizga kamaytirishi aniqlangan.

Brokkoli

Xavfli kasalliklarning oldini olish xususiyatiga ega bo‘lgan mazkur karam turini nima bo‘lganda ham, mikroto‘lqinli pechda pishirish tavsiya qilinmaydi. Gap shundaki, bunday tayyorlanganda organizmni himoya qiladigan 97 foiz flavonoidga zarar yetadi.

Braziliya yong‘og‘i

Ushbu mahsulot saraton hujayralarini shikastlaydigan va kolorektal saratonning rivojlanish xavfini kamaytiradigan mikroelement – selenning koni sanaladi. Kornel va Arizona universiteti mutaxassislari ishtirok etgan tadqiqotda kun davomida atigi ikkita artilmagan Braziliya yong‘og‘ini iste’mol qilish erkaklardagi saratonni 63 foizga, kolorektal xavfli o‘simtalarni 58 foizga, shuningdek, boshqa saraton turlarini 46 foizga kamaytirishi aniqlangan.

Sitrus mevalar

Limon, apelsin va greypfrutlarni muntazam ravishda iste’mol qilish hiqildoq, oshqozon va og‘iz bo‘shlig‘i hamda qizilo‘ngach saratonining kelib chiqish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.

Chernika

Chernika tarkibida sog‘lom hujayralarni shikastlab, turli xavfli kasallik hamda saratonning kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan radikallar ta’sirini neytrallashtiradigan antioksidantlar mujassam bo‘ladi. Tadqiqotlarda chernika nafaqat barra, balki quritilgan holda hamda murabbo qilinganda ham foydali xususiyatlarini saqlab qolishi aniqlangan.

Baliq

Istalgan yog‘li baliq mahsulotining hafta davomida atigi to‘rt porsiyasi leykemiya va limfomani uchdan birga qisqartirishi ma’lum qilingan. Qolaversa, yog‘li baliqni kanda qilmaslik bachadon saratoni kelib chiqish xavfini ham kamaytiradi.

Kivi

Kivi C va E vitamini, shuningdek, lyutein va erkin radikallarning ta’sirini neytrallashtiradigan va salomatlikni himoya qiladigan antioksidantlarning koni.

Choy

Kun davomida iste’mol qilingan 2 finjon choy tuxumdonlar saratoni rivojlanishining oldini oladi. Tadqiqotchilar hamma gap choy tarkibida bisyor bo‘lgan antioksidant birikma — flavonoidlarda deb taxmin qiladi.

Olma

Olma tarkibidagi antioksidant protsianidinalar saraton hujayralarini yo‘q qiladi. Olmani qancha ko‘p iste’mol qilsangiz, shifokorga shuncha kam murojaat qilishingizga to‘g‘ri keladi.

Onkolog shifokorlar quyida nomi keltirilgan mahsulotlardan voz kechish yoki iloji boricha kamroq iste’mol qilish kerakligini ta’kidlaydi.

Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari kolbasa va qayta ishlangan go‘sht mahsulotlarini kanserogen sifatida rasmiy ravishda ajratdi. E’lon qilingan hisobotda ta’kidlanganidek, har kuni atigi 50 gramm qayta ishlangan go‘sht ichak saratoni xavfini 18 foizga oshiradi. Bundan tashqari, ushbu mahsulotlar tanaga kirib, xavfli kasallikka chalinish ehtimolini oshiradi.

Bodroqlar

Mikroto‘lqinli pechda tayyorlangan bodroq eng xavfli hisoblanadi. Gap shundaki, uni tayyorlashda bug‘i tarkibida xavfli diatsit birikmasi mavjud bo‘ladigan hamda o‘pka saratoniga olib keladigan sintetik yog‘dan foydalaniladi. Aynan diatsit bodroqqa o‘zgacha ta’m beradi va insonda yana iste’mol qilish hissini paydo qiladi.

Losos

Maxsus fermalarda yetishtiriladigan losos balig‘i arzon bo‘lishi bilan birga, sog‘liq uchun ham zararlidir. Ushbu turdagi baliq go‘shti tarkibida xavfli o‘smalar paydo bo‘lish xavfini oshiradigan toksik moddalar mavjud.

Ko‘mirda pishirilgan go‘sht mahsulotlari

Yuqori haroratda pishiriladigan kabob, tovuq va shu kabi boshqa mahsulotlar sog‘liq uchun zararli bo‘lgan kanserogen moddalarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Lekin bu ulardan butunlay voz kechish kerakligini bildirmaydi, me’yor bilinsa va go‘shtning pishish jarayonida qoraygan qismidan tiyilsa kifoya.

Sun’iy ta’m beruvchilar

Organizmga kirganidan keyin metabolizmga ta’sir qilishi, yurak xuruji xavfini oshirishi va kanserogen hisoblangani sabab ham har qanday shakar o‘rnini bosuvchi, ta’m beruvchi moddalardan iloji boricha tezroq voz kechgan yaxshi. Shuningdek, shakarni haddan ortiq iste’mol qilish ham saraton hujayralari ko‘payishini jadallashtiradi.

Spirtli ichimliklar

Spirtli ichimliklarni muntazam ravishda iste’mol qilish miya, qizilo‘ngach, jigar va sut bezi saratonining rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

Transyog‘lar

Transyog‘lar odatda suyuq yog‘larni gidrogenlash orqali qattiq yog‘larga aylantirilganda hosil bo‘ladi. Bu mahsulotning yaroqlilik muddatini uzaytiradi va uning ta’mini barqarorlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Shundan so‘ng ular margarin, yormalar, shirinliklar, chips, gazak va turli xil salat qo‘shimchalari kabi mahsulotlar tarkibida keng qo‘llaniladi. Hayoti va salomatligini xavf ostiga qo‘yishni xohlamaydiganlar tarkibida transyog‘larmavjud bo‘lgan mahsulotlardan tiyilishi kerak.

Mavzuga doir: 

  • Insult, qandli diabet va gipotireoz: yuzdagi o‘zgarishlarga qarab aniqlash mumkin bo‘lgan kasalliklar
  • Bolalarda quruq yo‘tal paydo bo‘lishining sabablari va davolash usullari
  • Migrendan butunlay qutulish uchun nima qilish kerak?
  • Benzin, tuproq, xlor isi: Nima uchun biz “g‘alati” hidlarni yaxshi ko‘ramiz?
  • Ayollarda 30 yoshdan keyin kuzatiladigan muammo: Qanday qilib kasalliklarning oldini olish mumkin?
  • Koronavirusga chalingan odamdan virus yuqmasligi uchun amal qilish kerak bo‘lgan 5 qoida


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.