Salomatlik Salomatlik Tarkibida tuz miqdori o‘ylaganimizdan ham ko‘proq bo‘lgan 5 ta mahsulot

Tarkibida tuz miqdori o‘ylaganimizdan ham ko‘proq bo‘lgan 5 ta mahsulot

O'qildi: 275


Tarkibida tuz miqdori o‘ylaganimizdan ham ko‘proq bo‘lgan 5 ta mahsulot

Tuz iste’molini kamaytirish haqida gap ketganda, darhol undan butunlay voz kechib bo‘lmasligi haqida o‘ylash mumkin. Albatta, har bir narsada me’yor bo‘lgani kabi tuz yetishmovchiligi yoki ortig‘i ham organizm uchun xavfli hisoblanadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, kattalarga kuniga o‘rtacha 5-6 gramm tuz iste’mol tavsiya etiladi. Ushbu me’yordan oshish esa gipertoniya va yurak-qon tomir tizimining turli xil kasalliklarini, xususan, yurak ishemik kasalligining rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Foto: Harper’s Bazaar

Tuz iste’molini nazorat qilish uchun ratsionga alohida e’tibor qaratish lozim. Ammo mazasi sho‘r bo‘lgan mahsulotlardan tashqari tarkibida tuz mavjud bo‘lgan yana bir qancha oziq-ovqatlar mavjud.

Yog‘i kam sut mahsulotlari

Diyetologlar bir ovozdan yog‘i kam tvorog va sutdan voz kechishga chaqirishi bejizga emas. Ushbu foydali mahsulotlar ham kutilmagan xususiyatlarga to‘la. Sut va undan ishlab chiqarilgan mahsulotlar tabiiy ravishda ma’lum miqdorda yog‘ni o‘z ichiga oladi, ammo sun’iy tarzda yog‘sizlantiriladi. Ishlab chiqarish jarayonida mahsulotning ko‘rinishi va ta’mi o‘zgaradi. Buning natijasida yog‘siz sutga tuz, shakar va boshqa ko‘plab konservantlar qo‘shiladi. Bu esa tanaga sut tarkibidagi 2,5 yog‘dan ko‘proq zarar yetkazadi.

Foto: Harper’s Bazaar

Pishloq

Afsuski, barcha uchun sevimli bo‘lgan pishloq ham foydadan ancha uzoqda. Uning tarkibida organizmda unchalik ham singib ketmaydigan sut yog‘lari, kazein oqsili va juda ko‘p tuz mavjud. Bu bilan pishloq iste’molini butunlay to‘xtatish shart emas, shunchaki parhezning asosiga aylantirib qo‘ymaslik kerak.

Kolbasa mahsulotlari

Kolbasa, sosiska va shu turdagi mahsulotlar tuzning haqiqiy koni hisoblanadi. Hatto ularning ba’zilari ta’m jihatdan sho‘r bo‘lmasa ham, tarkibida tuz miqdori ko‘p bo‘ladi. Agar salomatlik birinchi o‘rinda bo‘lsa, bularning o‘rnini pishgan go‘sht bilan almashtirish tavsiya etiladi.

Souslar

Ratsiondan asta-sekin chiqarish kerak bo‘lgan narsa – bu sotuvdagi souslardir. Ular tarkibida nafaqat tuz, balki shakar, zararli yog‘lar hamda glyuten ham mavjud. Qisqa qilib aytganda, bunday qo‘shimchalarning foydasi juda kam. Souslardan voz kechishning iloji bo‘lmasa, ularni uy sharoitida tayyorlash salomatlikni xavfdan saqlaydi.

Foto: Harper’s Bazaar

Pechenye

Ro‘yxatdan kutilmaganda o‘rin olgan mahsulot. Shirin pechenyelar tarkibiga ko‘p miqdorda shakar qo‘shilishi ma’lum. Ammo tuz hech kimning xayoliga ham kelmaydi. Sotib olingan pechenyelar odatda uyda pishirilganidan o‘ta farq qiladi. Chunki ularga tuz va shakardan tashqari zararli yog‘ va konservantlar, shuningdek, bo‘yoqlar ham qo‘shiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.