Salomatlik Salomatlik Sog‘liqqa zarar yetkazadigan 8 ta “foydali” gigiyenik odat

Sog‘liqqa zarar yetkazadigan 8 ta “foydali” gigiyenik odat

O'qildi: 291


Sog‘liqqa zarar yetkazadigan 8 ta “foydali” gigiyenik odat

Yuqumli kasalliklarning oldini olishning eng sodda va samarali usuli hanuzgacha gigiyena hisoblanadi. Ko‘chadan kirganda, ovqatlanishdan avval qo‘llarni yuvish, tishlarni kuniga ikki mahal tozalash, meva va sabzavotlarni yuvilgan holda iste’mol qilish − barcha maslahatlar chindan ham foydali bo‘lib, salomatlikni asrashda yordam beradi. Ammo ularning orasida shunday gigiyenik odatlar borki, ular sog‘liq hamda hayot uchun ham zararli bo‘lishi mumkin.

Foto: Pinterest

Quloqlarni paxtali tayoqcha bilan tozalash

Quloq infeksiyasi, pardaning shikastlanishi, eshitish qobiliyatini yo‘qotish  − bularning barchasi quloqlarni paxtali tayoqcha bilan tozalash natijasi bo‘lishi mumkin. Masalan, quloqdagi suyuqlik yuqumli kasalliklarga qarshi tabiiy himoya vositasi hisoblanadi. Undan batamom mahrum bo‘lmaslik kerak. Ikkinchidan, hatto paxta ham nozik quloq kanaliga shikast yetkazishi mumkin. Shuning uchun bu kabi vositadan foydalanish tavsiya etilmaydi.

Hammomni xushbo‘ylantiruvchi vositadan foydalanish

Aynan ushbu vosita terida qizarish, tirnalish yoki infeksiyalarni paydo qiladi. Sababi shundaki, xushbo‘ylantiruvchi vositalar tarkibida teri shilliq qavatini bezovta qiladigan kuchli moddalar mavjud. Bu esa sog‘liqda bir qancha muammolarni paydo qiladi.

Qo‘l tozalash vositasini ishlatish

Kun davomida qo‘lni yuvish imkoniyati bo‘lmaydi. Bu holda tez-tez dezinfeksiyalovchi vositalar yordam berishi mumkin. Ammo ularni me’yoridan ortiq ishlatish ham zararli bo‘lib, teri yuzasida bakteriyaga nisbatan zaiflik kuchayishi mumkin. Dezinfeksiya vositalaridan faqat o‘ta yomon holda foydalanish tavsiya etiladi.

Quritgichdan foydalanish

Iloji bo‘lsa, qog‘oz va matoli sochiqlardan foydalanish kerak. Avtomatik qo‘l quritgichdan imkon qadar foydalanmaslik zarur. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni isbotladiki, kuchli havo oqimi nafas olish yo‘lida bakteriyalarni tarqatishi va salomatlikka jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Uzoq vaqt issiq dush qabul qilish

Issiq yoki uzoq: ikkisidan birini tanlash lozim. Uzoq muddatli issiq dush terini quritadi. Shuningdek, terini himoya qiladigan va yuqumli kasalliklarning kirib kelishini oldini oladigan tabiiy yog‘ qatlamini yuvib yuboradi. Shuning uchun dush qabul qilish uchun uzoq vaqt sarflamaslik lozim, ayniqsa, ertalab.

Har kuni sochlarni yuvish

Sochlar qancha tez yuvilsa, shuncha quruq va mo‘rtlashadi. Suv ham boshning tabiiy teri qatlamini yo‘q qiladi. Keyinchalik sochlar uchun konditsioner, maxsus niqob va vitaminlar ham uni qayta tiklay olmaydi.

Terini ortiqcha namlash

Quruq teri egalari tez-tez namlantiruvchi kremlardan foydalanadi. Ammo ushbu jarayon me’yoridan ko‘p takrorlansa, teri o‘zi tabiiy ishlab chiqaruvchi namlikni kamaytiradi. Natijada teri avvalgiga qaraganda ko‘proq quriydi.

Ovqatlanishdan so‘ng darhol tishlarni tozalash

Tishlarni kamida ovqatlangandan yarim soat o‘tib, tozalash mumkin. Aks holda bu bilan tishlarning emaliga zarar yetishi, shubhasiz. Taomlar tarkibidagi limon kislotasi tish pastasi bilan reaksiyaga kirishi natijasida kutilmagan muammolarni keltirib chiqaradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.