Koni foyda: Ijobiy ta’sir ko‘rsatishi uchun qaysi mahsulotlarni birga iste’mol qilish kerak?
Salomatlikda muammo bo‘lmasligi va vazn me’yorda bo‘lishi uchun to‘g‘ri ovqatlanish muhim sanaladi. Ammo har qanday foydali modda va vitaminlar ham organizmga shunchaki singib ketmaydi, ularning foydali xususiyatlari oshishi hamda yaxshi ta’sir qilishi uchun boshqa mahsulotlar bilan umumlashtirib iste’mol qilish kerak bo‘ladi.
Ismaloq va qulupnay
Bu temir moddasi yetishmaydiganlar uchun eng a’lo variant. Ismaloqda deyarli 3 mg temir moddasi mavjud. Temir esa qulupnay, limon, kivi va boshqa mevalardan topish mumkin bo‘lgan C vitamini ta’sirida yaxshi singadi. Ko‘katning mazkur turi va mazali mevani umumlashtirib, salat tayyorlash, qo‘shimcha sifatida esa limon sharbatidan foydalanish tavsiya qilinadi.
Banan va yogurt
Kalsiy organizmga yaxshi singishi uchun prebiotik singari ta’sir ko‘rsatadigan inulinga boy mahsulotlar bilan birga iste’mol qilish kerak. Sarimsoq, piyoz, banan kabi mahsulotlar esa ushbu moddaning koni sanaladi. Yogurt va banan eng foydali, qolaversa, mazali umumlashma bo‘ladi.
Olma va qora shokolad
Olma kversetin, qora shokolad esa katexinning koni. Mazkur ikki antioksidantning umumlashmasi yurak faoliyati hamda qon suyulishini yaxshilaydi. Maksimal foydaga erishish uchun qora shokoladni eritib, unga olma qo‘shish hamda aralashmani muzlatkichga qo‘yish tavsiya qilinadi.
Ko‘k choy va limon
Ko‘k choy qondagi qand miqdorini nazorat qiladigan, shuningdek, moddalar almashinuvini yaxshilaydigan antioksidantlarning koni. Ko‘plab tadqiqotlarda limon choyning foydali xususiyatlarini yaxshilashi aniqlangan.
Meva va suli yormasi
Har ikkisida antioksidantlik xususiyatiga ega bo‘lgan fitoximalikalin bisyor bo‘lgani sabab ham suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqaga meva qo‘shib iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Qahva va dolchin
Kaloriyasi deyarli yo‘q bo‘lgan dolchin antioksidantga boy ekani bilan o‘ziga xos. U moddalar almashinuvini tezlashtiradi, kofein bilan umumlashmasi esa yog‘ eritish xususiyatiga ega.
Humus va zaytun yog‘i
Humusda zaytun yog‘i bilan qo‘shilsa, baxt gormoni — seratoninni ko‘paytiradigan bir qancha ozuqa moddalari bo‘ladi.
Manba