Salomatlik Salomatlik Ichak saratonining oldini oluvchi kundalik odatlar

Ichak saratonining oldini oluvchi kundalik odatlar

O'qildi: 373


Ichak saratonining oldini oluvchi kundalik odatlar

Eng jiddiy kasalliklardan biri hisoblangan ichak saratoni so‘nggi vaqtlarda nafaqat kattalar, balki yoshlarda ham kuzatiladi. Keltirilgan tavsiyalar esa uning oldini olishga hissa qo‘shadi.

Foto: Freepik

Ko‘proq harakat qiling

Ichaklarda saraton rivojlanishini keltirib chiqaruvchi asosiy omil ko‘p o‘tirish va harakatsizlik hisoblanadi. Kun davomida qancha ko‘p o‘tirilsa, organizmdagi yallig‘lanish jarayoni shuncha tezlashib, kasallik rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi. Ishingiz davomida uzoq vaqt davomida o‘tirib ishlashga to‘g‘ri kelsa, har soat o‘rningizdan turib yurish hamda mashq qilishga harakat qiling. Ishdan keyin biroz piyoda yurib sayr qilsangiz yana yaxshi.

Quyosh nuridan ko‘proq bahramand bo‘ling

13 ming ishtirokchi qatnashgan tadqiqotda, ichaklar saratoni D vitamining yetishmasligi bilan aloqador ekani aniqlangan. Aynan shu sabab ham quyoshdan himoyalovchi kremlarni surtib, ko‘chada hech bo‘lmaganda 30 daqiqa yurishga harakat qilish kerak.

Ko‘proq kletchatka iste’mol qiling

Kletchatkaga boy yorma, barra meva va sabzavotlar, shuningdek, dukkakli mahsulotlar ratsioningizdan o‘rin olishiga e’tibor qarating. Kletchatka nafaqat ichaklar faoliyatini yaxshilaydi, balki kolorektal saraton rivojlanishining oldini ham oladi.

Chekishni tashlang

Chekish nafaqat o‘pka, balki ichaklarda ham saraton rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Qahva iching

Muntazam ravishda qahva iste’mol qilish, ichaklarda saraton rivojlanishi xavfini 26 foizga kamaytiradi. 10 ming ishtirokchi qatnashgan tadqiqotda, kuniga 2,5 finjon qahva ichgan kishilarda saraton bilan kasallanish ehtimoli kam bo‘lishi aniqlangan.

Vazningizni nazorat qiling

Vaznning ortishi ham kasallikning rivojlanishiga ta’sir qiladi. Aynan shu sabab ham semirib ketmaslikka harakat qilish kerak.

Spirtli ichimlik iste’mol qilmang

Kun davomida 4 portsiya spirtli ichimlik ichish ichaklarda saraton rivojlanish xavfini 21 foizga ko‘paytiradi. Aynan shu sabab ham alkogol mahsulotlarini iste’mol qilmaslik kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.