Vazelin bilan bartaraf qilish mumkin bo‘lgan teridagi 5 muammo
Vazelin qimmat kremlardan ham yaxshiroq ta’sir qilib, teridagi muammolarni yo‘qotishga hissa qo‘shishi mumkin.
Foto: FreepikQovjiragan teri
Vazelinni ikki xil maqsadda: oldini olish va himoya uchun ishlatsa bo‘ladi. Ko‘chaga chiqishdan 10 daqiqa avval suriladigan bo‘lsa, yuzga sovuq tegishi va zarar yetishining oldini olishi mumkin. Uyga qaytganda esa teri o‘sha-o‘sha namlangan va yaxshi ahvolda bo‘ladi. Sovuq ta’sirida yuzda paydo bo‘ladigan turli salbiy o‘zgarish va chiziqlarda esa vazelinni qalin qilib surtish kerak. Teridagi muammolarni yo‘q qilib, yallig‘lanishga sabab bo‘ladigan bakteriyalardan himoya qiladi.
Tirnoq, tirsak va tizzaning qurishi
Vazelin eng yaxshi balzamdan ham yaxshiroq namlantirish xususiyatiga ega. Tirnoq, tirsak, lab va tizzalarning qurishida vazelin yaxshi samara beradi. Binolardagi quruq harorat, kun davomida kiyiladigan sintetik liboslarning ham yuzga salbiy ta’siri bo‘ladi. Regeneratsiya jarayonini tezlashtirish uchun esa terining muammoli qismiga vazelin surtib, qalin mato bilan o‘rab qo‘yish kerak. Muammo oyoqda bo‘lsa, paypoq; qo‘lda bo‘lsa, qo‘lqop kiying. Ertalab ijobiy o‘zgarishdan lol qolasiz.
Ekzema va psoriaz
Bunday kasalliklarda teri kuchli, ammo shu bilan birga yengil parvarishga muhtoj bo‘ladi. Tarkibida turli qo‘shimchalar bo‘lgani sabab hamma krem ham to‘g‘ri kelavermasligi mumkin. Mineral yog‘ va parafin aralashmasidan tashkil topgani sabab ham vazelin terini namlantiruvchi eng yaxshi vosita hisoblanadi.
Ko‘z yallig‘lanishi
Ko‘zlarning yoshlanishi, qizarishi singari muammolarda ham vazelindan foydalansa bo‘ladi. Ko‘zning pastki va yuqori qovoq qismiga vazelin surting va biroz kuting. Bu usul terini shamol ta’sirida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yoshlanishdan himoya qiladi.
Lab qurishi
Qurigan lablarni namlantirishda vazelinga teng keladigani yo‘q. Tarkibidagi yog‘ hisobiga terini oziqlantiradi, parafin esa uning qurishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Manba