Salomatlik Salomatlik Burun tez-tez bitganda nima uchun tishlarni tekshirtirish lozim? Stomatolog javob beradi

Burun tez-tez bitganda nima uchun tishlarni tekshirtirish lozim? Stomatolog javob beradi

O'qildi: 290


Burun tez-tez bitganda nima uchun tishlarni tekshirtirish lozim? Stomatolog javob beradi

Burunning tez-tez bitishiga nafaqat shamollash, balki tishdagi muammolar ham sabab bo‘lishi mumkin. 10 yildan ortiq tajribaga ega stomatolog Yuliya Selyutina ushbu masalaga aniqlik kiritdi.

Foto: “wday.ru”

Muammoning sababi

Nosog‘lom tishlar doimiy infeksiyaning manbai bo‘lishi mumkin. Undagi kasallik keltirib chiqaradigan bakteriyalar qon oqimi orqali o‘tadigan toksinlarni ajratib turadi. Kuchli immunitet infeksiyani tezda bartaraf etadi, ammo stress yoki salqin havo himoyani susaytiradi. Natijada yallig‘lanish hamda gaymorit yuzaga keladi. Yuqori jag‘ tishlarida surunkali yallig‘lanish muammolari paydo bo‘ladi. Ularning ildizlari burunga yaqin yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri unda joylashgan bo‘ladi. Shundan so‘ng infeksiya tarqala boshlaydi.

Agar havoning biroz salqinlashishida ham surunkali burun bitishi paydo bo‘lsa, otolaringolog hamda stomatologga tashrif buyurish kerak. Shifokor nosog‘lom tishning mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirini aniqlash uchun tekshiruv o‘tkazadi. Shundan so‘ng keng qamrovli davolanish talab etiladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, barcha bo‘shliqlar o‘zaro aloqada bo‘ladi. Agar infeksiya yuqori jag‘ bo‘shlig‘iga tushgan bo‘lsa, unda ularning tarqalishi oson. Bu esa jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun muntazam ravishda stomatolog ko‘rigidan o‘tish, tishlarni davolash va har kuni og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga e’tibor qaratish zarur.

Muammoning boshqa tomoni

Tish muolajalarining o‘zi ham asoratlarning sababi bo‘lishi mumkin. Bu esa stomatolog yuqori jag‘dagi chaynash tishlari bilan ishlaganda paydo bo‘ladi. Paydo bo‘lgan yoriq natijasida ildiz orqali infeksiya tushib, yallig‘lanishni keltirib chiqaradi. Odatda yoriqlar tish olish, endodontik davolash, implantatsiya, ildiz rezeksiyasi vaqtida paydo bo‘ladi.

Xavfli belgilar

Quyidagi alomatlar burun bo‘shlig‘ida yoriq paydo bo‘lganini ko‘rsatadi:

  • Tish o‘rnashgan teshikdagi qonda kichik havo pufakchalarining paydo bo‘lishi, ularning soni burun orqali nafas olib, chiqarilganda ko‘payadi.
  • Zararlangan burun bo‘shlig‘idan qon ketishining paydo bo‘lishi.
Agar yoriq darhol aniqlansa, bo‘shliqda infeksiya bo‘lmasa, davolanish amalga oshiriladi. Stomatolog muolajalarni o‘tkazadi. Yallig‘lanishga qarshi antibiotik va preparatlarni buyuradi. Agar yorilgan vaqtda begona jism – implantatsiya, plomba moddasi, ildiz parchalari bo‘shliqqa tushib qolsa, davolash ishlari faqat shifoxonada amalga oshiriladi. Bo‘shliqni ochish, begona jismni va yuqtirilgan to‘qimalarni olib tashlash va yana bo‘shliqni yopish bilan operatsiya o‘tkaziladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.