Salomatlik Salomatlik Qimmat kremlar o‘rnini bosa oladigan arzon vositalar: Ularni dorixonadan topish mumkin

Qimmat kremlar o‘rnini bosa oladigan arzon vositalar: Ularni dorixonadan topish mumkin

O'qildi: 442


Qimmat kremlar o‘rnini bosa oladigan arzon vositalar: Ularni dorixonadan topish mumkin

Ba’zida dorixonadan topish mumkin bo‘lgan dori vositalari qimmat kosmetik vositalardan ko‘ra yaxshi samara berishi mumkin.

Foto: “Domashniy Ochag”

Meturatsil mazi

Yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega bo‘lgan ushbu mazdan bemalol gigiyenik pomada o‘rnida foydalanishingiz mumkin. Asosan, chuqur yara va kuyishda qo‘llaniladigan ushbu vosita labdagi yoriqlarni bartaraf qilishga ham yordam beradi. Kechasi labga surtilsa, ertalabgacha teri namlanib, yoriqlar ketadi. Ayniqsa, haftasiga 3-4 marta surtish tavsiya qilinadi.

Baneotsin mazi

Husnbuzar va yallig‘lanishni bartaraf qiladigan ushbu maz antibiotik bo‘lgani sabab ham unga o‘rganib qolmaslik kerak. Me’yorda va to‘g‘ri foydalanilsa, bakterial ta’sir ko‘rsatib, yallig‘lanish keltirib chiqaradigan bakteriyalarni yo‘q qiladi. Shuningdek, labga uchuq chiqadigan bo‘lsa, ushbu mazni Atsiklovir o‘rnida ishlatish va ijobiy natijaga erishish mumkin.

Xlorgeksedin

Bolaligingizda onangiz yaralarga qo‘llagan mazkur vositadan dezodorant sifatida foydalanishingiz mumkin. Xlorgeksedin ter hidi keltirib chiqaradigan mikroblar va bakteriyalarni yo‘q qiladi. Gap shundaki, aslida terining hidi bo‘lmaydi.  Ammo ushbu vosita terlashni emas, hidni yo‘q qilishini yodda tuting.

Dalatsin geli

Yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega mazkur gel bilan makiyajdan to‘lib qoladigan poralarni tozalashingiz mumkin. U makiyaj cho‘tkasi va kun davomida poralarga tushib qolgan bakteriyalarni yo‘qotib, terini tozalaydi. Foydalanishdan avval terini mitselyar suv bilan tozalang, keyin esa issiq suv bilan ho‘llangan sochiqda yuzingizni arting(poralar yaxshi ochiladi). Muzlatkichda saqlanishi va sovuq holida surtilishi kerak bo‘lgan geldan, shuningdek, ko‘z ostiga patchi sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Gipertonik vosita teridagi namlik va shishlarni ketkazadi. Do‘kondan dalatsin topa olmagan taqdiringizda, o‘rniga natriy xlorid eritmasidan foydalaning.

Oksolin mazi

Yog‘ bezlari faoliyatini me’yorlashtirib, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Undan foydalanish orqali husnbuzarlarni ketkazish, mashhur Skinogen-gel o‘rnida qo‘llash mumkin. Kosmetologda piling qildirib, yuzni oqartirish muolajalarini sinab ko‘rishdan avval oksolin mazidan foydalanib ko‘ring. 2 haftadan keyin samarasini ko‘rishingiz mumkin.

Mavzuga doir:

  1. Atir uzoq turishi uchun vazelin va kosmetikadan pul tejashga yordam beradigan 15 layfxak
  2. 2021-yilda kosmetologiyada nimalar trendda bo‘ladi?
  3. Labga uchuq chiqsa nima qilish kerak?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.