Yozgacha ulguramiz: jiddiy cheklovlarsiz 4 kilo vazn yo‘qotish uchun tavsiyalar
Bahorda sport zallarida odamlar har doimgidan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi, chunki har bir kishi yozgacha bir necha kilogrammni yo‘qotishni xohlaydi. Ixcham bo‘lish imkoniyati esa hali ham mavjud. Grazia nashri deyarli hech qanday cheklovlarsiz vazn yo‘qotish mumkinligini ma’lum qildi.
Foto: GraziaTo‘g‘ri ovqatlanish
Uzoq muddatli parhez tutish har doim ham samara bermaydi. Agar bir hafta davomida faqat grechka va qaynatilgan tovuq iste’mol qilinsa, unda, albatta, tarozi ko‘rsatgan natijadan xursand bo‘lish mumkin. Biroq odatdagi ovqatlanishga qaytish yana avvalgi kilogrammni yig‘ishga olib keladi.
Bir oy davomida haftasiga 1 kilogramm vazn yo‘qotish uchun ovqatlanish mutaxassisi Jill Korleone kuniga iste’mol qilinadigan kaloriyalar sonini 500 kaloriyaga kamaytirishni maslahat beradi. Ayollar kuniga 1200 dan, erkaklar esa 1800 dan kam iste’mol qilmasliklari kerak. Bu mushak massasining yo‘qolishiga, shuningdek, metabolizm va ozuqaviy yetishmovchilikka olib kelishi mumkin.
Porsiya hajmini nazorat qilish uchun telefonga har bir taomdagi kaloriyalar sonini avtomatik hisoblaydigan dasturni yuklab olish mumkin. Shuningdek, u nima iste’mol qilayotganingizni ham kuzatib borishga yordam beradi. Ratsionga sog‘lom elementlarga boy mahsulotlar — meva, sabzavot, dukkaklilarni qo‘shish tavsiya etiladi. Ammo organizmga oqsil ham kerakligini unutmaslik kerak.
To‘g‘ri ovqatlanish mutaxassisi kuniga uch marta ovqatlanishni, shuningdek, ochlikni nazorat qilish uchun 1-2 ta gazakni tavsiya qiladi.
Sport
Iloji boricha ko‘proq kaloriya sarflash uchun mutaxassis yuqori ta’sirga ega intervalli mashg‘ulotlarga ustunlik berishni tavsiya qiladi. Buning siri shundaki, nafaqat mashg‘ulot paytida, balki undan keyin ham kaloriya sarflanadi.
Jill Korleone haftasiga ikki marta 30 daqiqalik kuch mashqlarini bajarishni tavsiya qiladi. Bu mushaklar massa hosil qilishiga yordam beradi. Agar sport va to‘g‘ri ovqatlanish birlashtirilsa, sezilarli natijalarga erishish mumkin!
Mavzuga doir:
- Ovqatlanishdan so‘ng kuzatiladigan ko‘ngil aynishi nimadan darak beradi?
- Kamroq yeb oshqozon hajmini kichraytirish mumkinmi?Ozish uchun foydali maslahatlar
- Har kuni kamida 30 daqiqa yurish natijasida organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?
Manba