Ayollarda 30 yoshdan keyin kuzatiladigan muammo: Qanday qilib kasalliklarning oldini olish mumkin?
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 30 yoshdan o‘tgan ayollar salomatligiga yetarlicha e’tibor bermaydi. Bunga aksariyat xotin-qizlarning karyera va farzand tarbiyasi bilan band ekani sabab bo‘ladi. Aynan shu sabab ham mutaxassislar shifokorga murojaat qilish va ko‘rikdan o‘tib turishni tavsiya qiladi.
Foto: FreepikAsabiylashmaslikka harakat qiling
Mas’uliyat va majburiyatlarning og‘irligi stress keltirib chiqaradi. Ish va moliyaviy muammolar, uy ishlariga mukkasidan ketish va boshqalar stress gormoni kortizolni faol ajralishiga olib keladi. Stress immun tizimiga ta’sir qiladi, natijada organizm infeksiyaga ta’sirchan bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, yurak va oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammolar ham kelib chiqishi mumkin. Stressning salbiy oqibatlarining oldini olish uchun esa to‘g‘ri ovqatlanish va sport bilan shug‘ullanishni kanda qilmaslik kerak.
Jarohatlanishdan ehtiyot bo‘ling
Bu yoshda mushaklar 20 yoshdagi kabi sog‘lom bo‘lmagani sabab ham pay cho‘zilishi, oyoqni qayirib olish kabi holatlar ko‘p kuzatilishi mumkin. Bunday vaqtda ortiqcha zo‘riqishdan qochish va kayfiyatni ko‘tarishga harakat qilish kerak.
Ko‘rikdan o‘tishni unutmang
Bachadon bo‘yni saratoni 35 yoshgacha bo‘lgan ayollar orasida eng ko‘p tarqalgan kasalliklardan biri hisoblanadi. Aynan shu sabab ham ginekolog shifokor ko‘rigidan o‘tish va tahlil topshirish kerak. Mutaxassislar istalgan shubha va kasallik simptomlari kuzatilgan vaqtda shifoxonaga borishni kechga qoldirmaslikni tavsiya qiladi. Masalan, to‘satdan qon ketishi endometriozdan tortib saraton singari muammolardan darak berishi mumkin. Ko‘krak saratoni ham xavfli kasalliklardan biri. Shu sabab ham bee’tibor bo‘lmaslik va o‘zgarish sezilganda zudlik bilan shifokorga borish kerak.
Manba