Salomatlik Jinsiy hayot Jinsiy aloqalar soni normada qancha bo‘lishi kerak?

Jinsiy aloqalar soni normada qancha bo‘lishi kerak?

O'qildi: 1 633




Oilaviy hayotda jinsiy munosabatlar muhim o‘rin tutadi. Buni inkor qilib bo‘lmaydi. Ba’zilar bunga zid fikrda bo‘lsalar, ular yo turmush o‘rtog‘iga befarqdirlar yoki er-xotin orasida biron muammo mavjud, yoki erkakning jinsiy kuchi sustdir. Undan tashqari er-xotin orasida jinsiy munosabatlarning kamayib ketishiga yana bir sabab, erkakni boshqa joyda ehtiyojini qondiruvchi manba borligidir.

Normal oilada jinsiy munoasabatlar yetakchi o‘rinlardan birini o‘ynaydi.
Hamma oilada ham bu munosabatlar mavjud. Lekin turli xil oilalarda ularning soni va albatta sifati har xil bo‘ladi.
Biz hozir jinsiy aloqalar soni haqida gap yuritmoqchimiz.

Siz turmush o‘rtog‘ingiz bilan necha marta aloqada bo‘lasiz? Bir oyda 1 marta? Bir haftada 1 marta? Yoki 1 kunda bir martami?
Albatta erkakning yoki ayolning o‘z turmush o‘rtog‘idan tashqari boshqa jinsiy aloqaga kirisha oladigan tanishi bo‘lmasa, yuqoridagi savollarga haqqoniy javob olsa bo‘ladi.

Biringiz bizda oyda bir necha bor bo‘ladi desangiz, biringiz haftada bir necha bor aloqada bo‘lishingizni aytasiz. Ba’zilar esa kunda aloqada bo‘lishini ta’kidlab o‘tadi.

Qaysi biri norma? Qaysi biri yaxshi yoki qaysi biri yomon?
Bu savolga aniq javob bera olmaslikning bir asosiy sababi bor. Savolga javob beradiganlarning turmushi haqida ma’lumot mavjud emas.
Oiladagi jinsiy aloqalar soni aslida ko‘p faktorlarga bog‘liq. Ular:

Turmush qurilgan davr

Albatta turmushning ilk 5 yillarida jinsiy munosabatlar soni keyinchalik turmushda kehcadigan jisniy aloqalar soniga nisbatan ko‘proq bo‘ladi.

Erkak va ayolning salomatligi

Sog‘lom erkak muntazam ravishdagi jinsiy munosabatlarga muhtoj bo‘ladi. Jismonan va ruhan sog‘lom ayolda esa jinsiy munosabatlarga ijobiy qarashi bo‘ladi.

Er-xotin orasidagi munosabatlar

Erkak sog‘lom bo‘la turib oilada o‘z xotini bilan aloqaga kam kirishishi, uning chetda jinsiy ehtiyojini qondirish uchun boshqa imkoniyati borligidan dalolat beradi. Yoki er-xotin bir-biridan sovub ketgan ham bo‘lishi mumkin.

Farzandlar yoshi va soni

Kuni bilan bolalari bilan ovora bo‘lgan onani jinsiy munosabatlarga kuchi ham ehtiyoji ham qolmaydi. Ba’zi erkaklarni esa tunda bir necha bor uyg‘onadigan chaqaloq shunchalik charchatadiki, jinsiy ehtiyoji vaqtinchalik chetga surilib turadi.

Oilaviy sharoit

Er-xotin alohida yoki qaynona-qaynota bilan birga yashashi. Kichik xonadonda ko‘pchilik bo‘lib yashaganda jinsiy hayot biroz sustroq bo‘lishi tabiiy holat.

Stress

Ishxonada yoki oilada stress holati mavjudligi. Masalan, ko‘chish, farzand salomatligi, ishxonadagi muammolar tufayli ham er-xotin orasidagi jisniy munosabatlar biroz sustlashi mumkin.

Ovqatlanish

Har kuni qazi qarti yeydigan va kunda makaron yeydigan juftliklarda jinsiy munosabatlar har xil bo‘lishi sir emas, albatta.

Er-xotin yoshi

25 yoshlik erkakning jisniy ehtiyoji bilan 55 yoshli erkakning jisniy ehtiyoji bir xil emas.
Bu kabi boshqa sabablar ham jinsiy munosabatlar soniga o‘z ta’sirini o‘tkazib ketadi.

U holda oiladagi jinsiy munosabatlar normadami yoki bunda muammo bormi?, degan savolga qanday javob bersa bo‘ladi?
Birinchidan, bu savolni berayotgan bo‘lsangiz, demak muammo bor. Agar bu bilan qiziqmaganingizda, sizda bu borada hammasi siz uchun qulay va kerakli holatda bo‘lgan bo‘lar edi. Qiziqmoqdamisiz, demak biroz shubhangiz bor. Yoki birovni aktiv jinsiy hayoti haqidagi gapini eshitib o‘zingizning jinsiy hayotingiz yaxshiligidan shubha qilayotgan bo‘lishingiz mumkin.

Solishtirganingizda qo‘shni, do‘stu-qarindoshlar yoki bo‘lmasa kinodagi “qahramonlar” jinsiy hayoti bilan emas, balki o‘zingizning hayotingingizdagi davom etib kelayotgan jinsiy hayotingiz bilan solishtirishingiz lozim.

Masalan, er-xotin turmushining ilk 5 yili davomida muntazam ravishda jinsiy munosabatlarga ega bo‘la turib, negadur oxirgi 1 yildan beri bu holat kamayganga o‘xshasa. Mana shunday solishtirish siz uchun o‘rinliroq bo‘ladi.

Agar yaqin orada uyda chaqaloq tug‘ilgan bo‘lib, yoki boshqa bir stress holat yuz bergan bo‘lsa bo‘lsa, u holda bu o‘tkinchi vaziyatdir.
Lekin yaqin orada oilada kuchli o‘zgarishlar yuz bermagan bo‘lib, erkakni chetda o‘ynashi bo‘lmasa, va u negadur ayoliga yaqinlashish istagini kamroq bildirayotgan bo‘lsa, u holda bu haqda qayg‘urish kerak. Sababini izlash kerak.

Ya’ni do‘stingiz kamida har kuni jinsiy munosabatda bo‘lishini eshitib, nega menda unday emas, deb o‘zingiz bilan uni solishtirmasdan, o‘zingizni bundan oldingi jinsiy aktivligingiz bilan hozirgi holatingizga baho bering.

25 yoshingizda sizga 1 kunda 1 marta jinsiy munosabat yetarli bo‘lgan bo‘lsa, 45 yoshingizda ham u deyarli shunday bo‘ladi. Faqat yosh va atrof vaziyatning o‘zgarishi, charchov, bola-chaqa, uy ro‘zg‘or masalallari ko‘paygani hisobiga albatta 25 yoshingizga nisbatan ehtiyojingiz kamroq bo‘ladi. Undan tashqari 25 yoshdagi yengillik borgan sari kamayib borishi ham bor.
Lekin baribir, jinsiy ehtiyoj yillar tufayli keskin ravishda o‘zgarmaydi. Bunga isbot dam olishga 1 haftaga oilangiz bilan ketsangiz, yana o‘sha 25 yoshlik ehtiyojingizni sezasiz.

Agar jinsiy ehtiyoj borgan sari keskin ravishda kamayib ketayotgan bo‘lsa, demak bunga biron sabab bor. Har kuni bunga ehtiyoji bo‘lgan odam birdaniga tashqi sabablarsiz haftada 1 yoki oyda 1 martagina bunga ehtiyoj sezayotgan bo‘lsa, bu yerda biron muammo yoki boshqa ayol bor bo‘lishi mumkin.

Undan tashqari sizda muammo bormi yo‘qmi bilish uchun, bu haqda ko‘p qayg‘urishingizdan bilsa bo‘ladi. Agar sizga jinsiy munosabatlar yetishmayotgan bo‘lsa, demak bu haqda o‘z juftingiz bilan gaplashib olishingiz lozim.

Jinsiy munosabatlaringizga halaqit berayotgan vaziyatlarni kamaytirishga urunishingiz lozim.
Siz eringizga yoki eringiz sizga jismonan yoqmayotgan bo‘lsangiz, bu borada o‘z ustingizda ishlashingiz talab etiladi.
Jinsiy aloqa o‘zbekchilikda shart emas deb xato o‘ylamang. Jinsiy munosabatlar nafaqat oilani totuvligi uchun balki erkakning ham ayolning salomatligi uchun ham juda muhimdir.

Jinsiy aloqalar sonini nechta bo‘lishi kerakligi muhim emas. Muhimi ular er-xotin uchun yetarli bo‘lishidir.
Agar ayol ehtirossiz bo‘lib, jinsiy munosabatlardan o‘zini ob qochadigan bo‘lsa, u holda erkak tabiiy ehtiyojini qondirish uchun boshqa imkoniyat izlaydi. Agar ayolning kuchli ehtiyojini eri qondira olmasa, kam hollarda o‘zbek ayoli chetda ehtiyojini qondiradi, ko‘p hollarda erini mensimasligida, itoat qilmasligida, erini kamsitishida va behurmatlik ko‘rsatishida o‘zi bilmagan holda alamini oladi.

Jinsiy kuchsiz erkak o‘z salomatligini yaxshilash borasida izlanish olib borishi kerak. Avallo biron jinsiy kasallik yo‘qligida amin bo‘lishi darkor. Agar aniq jinsiy kasallik mavjud bo‘lmasa, u holda jinsiy kuchini oshirishni tabiiy yo‘llarini topib sog‘lom turmush tarzda yashashni, ichmay-chekmay keraklicha dam olib, sport bilan shug‘ullanishni boshlashi lozim.

Ayolda jinsiy munosabatlarga ehtiyoji kamayib ketgan bo‘lsa, yoki turmushining boshidan bo‘lmagan bo‘lsa, u yolg‘iz bo‘lganida o‘zini tanasini o‘rganib unga jismonan nima yoqish yoqmasligini o‘rganishi, ko‘proq dam olishi, uyquga to‘yishi talab etiladi.

Jinsiy munosabatlar har kuni bo‘ladimi, har hafta bo‘ladimi, har oy bo‘lmadimi ular muntazam ravishda bo‘lishi kerak. Ayrim yuqorida ta’kidlangan vaqtinchalik mustasno vaziyatlardan tashqari. Muhimi, yillar o‘tgan sari jinsiy munosabatlar soni O ga yetib bormasligidir.

Manba: Uzbaby.uz
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.