Salomatlik Salomatlik Yozga yangi qomat bilan: Oz bo‘lsa-da vazn tashlashga yordam beruvchi tavsiyalar

Yozga yangi qomat bilan: Oz bo‘lsa-da vazn tashlashga yordam beruvchi tavsiyalar

O'qildi: 311


Yozga yangi qomat bilan: Oz bo‘lsa-da vazn tashlashga yordam beruvchi tavsiyalar

Yoz mavsumiga ham oz vaqt qoldi, ammo siz hali ham bir-ikki kilogramm vazn yo‘qotishga ulgurishingiz mumkin. Fitness va qat‘iy parhezlarsiz qanday qilib vazn yo‘qotish haqida ma’lumot beramiz.

Foto: Getty Images

Ovqat vaqtida suv ichmang

Ovqatlanayotganda suv ichish bolaligimizdan singdirilgan yomon odatdir. Organizm mukammal tizim bo‘lib, ovqat iste’mol qilinganda oshqozonda me’da shirasi ajralib chiqadi, bu esa ovqatni hazm qiladi va metabolizmni tezlashtiradi. Agar suv, choy yoki boshqa biror-bir suyuqlikni taomlanish bilan ichsangiz, oshqozon kislotasi suyuladi va ovqat sekinroq hazm bo‘ladi.

Mevalardan voz keching

Mevalar tarkibida ham shakar ham bor, lekin biroz boshqacha. Fruktoza — bu shakarqamishga qaraganda zararli bo‘lmagan, ammo vazn yo‘qotishiga xalaqit beradigan yana bir turdagi shakar hisoblanadi. Banan iste’mol qilinganda, fruktoza qonga singadi, natijada insulin keskin ko‘tariladi. Organizmda to‘qlik hissi paydo bo‘ladi, ammo bu yolg‘on hissiyot. Bu holat juda tez o‘tib ketadi, keyin esa bundan ham ko‘proq ovqat yeyishni xohlaysiz, chunki siz tanani aldashga urindingiz va unga ovqat bermadingiz. Agar shirinlik yeyishni to‘xtatgan bo‘lsangiz, mevalardan ham voz kechganingiz ma’qul.

Mavzuga doir: Parhezsiz ozish: Sarvqomat bo‘lishga hissa qo‘shadigan 3 mahsulot




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.