Valeriankaga hojat yo‘q: Stressda yaxshi samara beradigan 8 mahsulot
Asabiylashganda tinchlantirishga yordam beradigan tabiiy mahsulotlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Foto: FreepikLosos
Losos organizmga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan stress gormoni kortizol va adrenalinni neytrallashtirish xususiyatiga ega. Omega-3 yog‘ kislotasiga boy bo‘lgan mazkur baliq salomatlikni yaxshilanishiga hissa qo‘shadi.
Rukkola
Rukkola shodlik hamda quvonchni tuyishga yordam beradigan dofaminning sintezida muhim rol o‘ynaydigan foli kislotasi va B vitaminini o‘z ichiga oladi.
Suli yormasi
Mazkur mahsulot kishi o‘zini sokin va xotirjam his qilishiga hissa qo‘shadigan adrenalin ishlab chiqarilishini jadallashtiradi.
Qora shokolad
Stress gormonlarining kamaytirish uchun kakao miqdori ko‘p bo‘lgan shokolad iste’mol qilish kifoya. Kakao tarkibida antioksidantlar ko‘pligi hisobiga uni iste’mol qilgandan keyin tomirlar kengayib, qon bosimi pasayadi.
Kartoshka
Kartoshka tarkibidagi kraxmal stressni bartaraf qilish uchun yetarli energiya bilan ta’minlaydi. Faqat buning uchun uni qovurmasdan, pechda pishirish yoki qaynatib iste’mol qilish kerak.
Kivi
Mazkur meva serotonin ishlab chiqarilishini jadallashtiradigan keyin esa kishini tinchlantiradigan triptofanni o‘z ichiga oladi. Qolaversa, tadqiqotlarda kivini muntazam ravishda iste’mol qilish uyqusizlikda yaxshi samara berishi va tiniqib uxlashga yordam berishi aniqlangan.
Ismaloq
Stress sabab organizmda qon bosimi va uyqu yaxshi bo‘lishini ta’minlaydigan magniy miqdori kamayadi. Ismaloq iste’mol qilish ushbu muammoga yechim bo‘la oladi.
Ko‘k choy
Bir finjon ko‘k choy tinchlanishga yordam beradi. Tarkibidagi L-teanin aminokislotalarining bisyorligi sabab kishini tinchlantiradi, uyqu bosishining oldini oladi. Shu sabab ham asabiylashganda ko‘k choy ichish tavsiya qilinadi.
Manba