Salomatlik Salomatlik Simptomsiz rivojlanishi mumkin bo‘lgan 6 kasallik

Simptomsiz rivojlanishi mumkin bo‘lgan 6 kasallik

O'qildi: 338


Simptomsiz rivojlanishi mumkin bo‘lgan 6 kasallik

Ko‘pchilik bosh og‘rishi, ko‘z oldining qorong‘ilashishi singari alomatlarga e’tibor bermaydi va befarq qaraydi. Ammo aynan mazkur belgilar salomatlikda jiddiy muammo borligidan darak berishi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Qandli diabet

Qonda qand miqdorining me’yorda bo‘lishi, bemorda qand kasalligi yo‘qligini bildirmaydi. Ushbu kasallik endi rivojlanayotgan vaqtda yaqqol simptomlar deyarli bo‘lmaydi. Chanqash, og‘izning qurishi, tez-tez peshob ajralishi va ko‘rish qobiliyatining susayishi bezovtalanishga sabab bo‘la oladi. Teri, xususan, bo‘yin va qo‘ltiq osti sohasining qorayishi ham qandli diabetga xos belgilardan biri sanaladi.

Nima qilish kerak?

Qandli diabet aksariyat hollarda 45 yoshdan oshgan bemorlarda kuzatilgani sabab ham shu yoshdan keyin shifokor nazoratidan o‘tib turish kerak. Qon bosimi yuqori, ortiqcha vaznli va qondagi xolesterin miqdori yuqori bo‘lgan kishilarning ham kasallanish xavfi yuqori ekanligini inobatga olib, salomatlikka e’tiborli bo‘lish kerak.

Tuxumdonlar polikistozi sindromi

Ma’lumotlarga qaraganda, 10 foiz tug‘ish yoshidagi ayollar mazkur kasallikdan aziyat chekadi. Mazkur kasallik organizmda erkaklarga xos gormonning ko‘payib ketishi oqibatida ovulyatsiya va menstrual sikl buzilishi bilan namoyon bo‘ladi. Qolaversa, ushbu sindrom apnoe, ikkinchi turdagi qandli diabet va yurak kasalliklariga ham olib kelishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Organizmni kuzatish kerak, ushbu sindrom sabab yuzda husnbuzarlar toshishi, soch tolalari ingichkalashishi tanada esa ko‘payishi mumkin. Shu kabi belgilar sezilganda shifokorga borishni ortga surmaslik kerak.

Qon bosimi

Olimlarning fikricha, yer yuzidagi 50 foiz odam qon bosimining yuqoriligi haqida bilmaydi. Qon bosimining yuqori ekani avvaliga sezilmasligi, ammo qon-tomirlarni zararlab, bir kun kelib infarkt yoki insultga olib kelishi mumkin.

Nima qilish kerak?

O‘zingizni yomon his qilmagan taqdirda ham, yilda bir marta bo‘lsa-da, qon bosimingizni o‘lchab turing. Buning uchun shifokorga borish yoki tonometr xarid qilish kerak bo‘ladi.

Glaukoma

Juda ham sekin rivojlangani sabab bemor o‘zida glaukoma borligini sezmasligi mumkin. Ko‘z qon bosimining yuqori ekanidan kelib chiqadigan mazkur muammo ko‘z oldi xiralashishi, oqibatda esa ko‘rmay qolishga ham olib kelishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Aksariyat hollarda kasallik 40 yoshdan katta kishilarda rivojlangani sabab har yili mutaxassisga borib, ko‘zlarni tekshirtirib turish kerak.

Uyquda apnoe xuruji(nafas olishning to‘xtashi)

20 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan 50 foiz ayollar apnoedan aziyat chekadi. Uyqu vaqtida nafas olishning qisqa muddatga to‘xtashi oqibatida qonda kislorod kamayishi bilan namoyon bo‘ladigan apnoe ayollarda 90 foiz holatda aniqlanmaydi va bu erkaklarga xos kasallik deb hisoblanadi. Bunga esa ularda xurrak otish va kunduzi uyqu bosishi singari simptomlarning kuzatilmasligi sabab bo‘ladi. Ammo uyqusizlik, tongda bosh og‘rishi, charchoq, depressiya, shuningdek, xavotirlanishning oshishi shifokorga murojaat qilish uchun jiddiy sabab bo‘lishi kerak.

Nima qilish kerak?

Apnoega xos simptomlar kuzatilganda darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Tekshiruvdan keyin mutaxassis sizga nima qilish kerak va kerakmasligi haqida individual maslahat beradi.

O‘pka saratoni

O‘pka saratoni odam uchun eng xavfli kasalliklardan biri hisoblanadi. Dastlabki bosqichlarda rivojlanayotgani sezilmasligi, nafaqat chekadigan, balki sigaretni og‘ziga olmagan kishilarda ham mazkur muammo kuzatilishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Chekadigan insonlar, ayniqsa, o‘pkalarini tekshirtirib turishi kerak. Ko‘krak sohasida og‘riq, nafas olishning qiyinlashishi, ikki haftadan uzoq vaqtdan buyon davom etayotgan quruq yo‘tal singari simptomlar tashvishlanishga sabab bo‘la oladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.