Salomatlik Salomatlik Tez-tez chanqaysizmi? Darhol bartaraf etish kerak bo‘lgan 7 tibbiy sabab

Tez-tez chanqaysizmi? Darhol bartaraf etish kerak bo‘lgan 7 tibbiy sabab

O'qildi: 312


Tez-tez chanqaysizmi? Darhol bartaraf etish kerak bo‘lgan 7 tibbiy sabab

Agar inson doimo chanqoq hissini tuysa, nafaqat parhezga, balki turmush tarzi va hatto sog‘liqqa ham jiddiy e’tibor berishi lozim. Muntazam chanqashning ham 7 ta tibbiy sababi mavjud.

Foto: “Yandeks Dzen”

Ortiqcha tuz

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda tuz o‘rtacha ehtiyojdan ikki baravar ko‘p iste’mol qilinmoqda. Albatta, bu yashirin natriy, shuningdek, noto‘g‘ri ovqatlanish tufaylidir. Tuz tom ma’noda hujayralarni suvsizlantiradi va natijada chanqoq paydo bo‘ladi. Shuni yodda tutish kerakki, chanqoq signali paydo bo‘lganida, tananing allaqachon uchdan bir qismi  suvsizlangan bo‘ladi. Shuning uchun organizmni bu kabi holatga keltirmaslik kerak. Ratsionni qayta ko‘rib chiqib, kunlik iste’mol qilinadigan tuz miqdorini tekshirish va kun davomida suv ichishni unutmaslik tavsiya etiladi.

Intensiv mashqlar

Agar inson faol hayot tarzi bilan shug‘ullana boshlasa, namlikka bo‘lgan ehtiyojning ortib borayotganini esdan chiqarmaslik kerak. Bordi-yu, suyuqlik ichish avvalgiday davom ettirilsa, tana suvsizlanib qolishi mumkin. Jismoniy mashqlar paytida suv ichish va kuniga ichadigan suyuqlik miqdorini oshirish lozim.

Quyoshda turish

Inson faqat yoqimli quyoshli kunda yurgan bo‘lsa ham suvsizlanishni boshdan kechirishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun har doim suv olib yurish va vaqti-vaqti bilan ichishi lozim. Garchi chanqoq paydo bo‘lmasa ham bu suyuqlik muvozanatini saqlashga yordam beradi.

Qandli diabet

Inson hojatxonaga odatdagidan ko‘ra tez-tez boradigan bo‘lsa va doimiy ravishda chanqasa, qondagi glyukoza miqdorini tekshirib ko‘rishi lozim. Bu diabetgacha bo‘lgan davr yoki diabet kasalligining alomati bo‘lishi ham mumkin. Agar bemor avvalgidek ko‘p suyuqlik ichsa, parhezni o‘zgartirmagan  bo‘lsa yoki faollik darajasini oshirmagan bo‘lsa ham, chanqoq hissi paydo bo‘laversa, albatta, endokrinologga murojaat qilish kerak.

Kserostomiya

Kserostomiya yoki og‘izning qurishi – og‘izda so‘lak bezlari yetarli miqdordagi suyuqlikni ajratishni to‘xtatganda paydo bo‘ladi. Bu kabi noxush holatdan xalos bo‘lish uchun ko‘proq ichish kerak. Albatta, shifokor ko‘rigidan ham o‘tish lozim.

Anemiya

Doimiy tashnalikni keltirib chiqaradigan yana bir kasallik – bu anemiya. Bundan tashqari, chanqoq qanchalik kuchli bo‘lsa, kasallik shunchalik jiddiyroq bo‘ladi.

Dorilar

Bir qator dorilar suyuqlik muvozanatiga ta’sir qilishi va chanqashga olib kelishi mumkin. Masalan, diuretik va antixolinergik dorilar ta’sirida doimiy chanqoqlik hissi kuzatiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.