Salomatlik Salomatlik Tez-tez suv ichasizmi? Chanqoq hissi paydo bo‘lishining 7 ta tibbiy sababi

Tez-tez suv ichasizmi? Chanqoq hissi paydo bo‘lishining 7 ta tibbiy sababi

O'qildi: 332


Tez-tez suv ichasizmi? Chanqoq hissi paydo bo‘lishining 7 ta tibbiy sababi

Chanqoq organizmning muhim signalidir, uni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak. Ba’zida bu jiddiy kasallik alomati ham bo‘lishi mumkin. “Noviy ochag” nashri chanqoqni keltirib chiqaruvchi 7 sababni ma’lum qildi.

Foto: “Infox.ru”

Tuzning me’yordan ortishi

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda aksariyat insonlar o‘ziga kerak bo‘lgandan o‘rtacha ikki baravar ko‘p tuz iste’mol qiladi. Mahsulotlar tarkibidagi yashirin natriy, shuningdek, noto‘g‘ri ovqatlanish ham bunga sabab bo‘ladi. Tuz tom ma’noda hujayralardan suvni chiqaradi va organizm kuchli tashnalikni boshdan kechiradi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, chanqoq signali qabul qilinganda, organizmda allaqachon me’yorning uchdan bir qismi suvsizlanadi. Shuning uchun vaziyatni ushbu darajagacha keltirmasdan, ratsionni qayta ko‘rib chiqish, har kuni iste’mol qilinadigan tuz miqdorini tekshirish va kun davomida suv ichishni unutmaslik kerak.

Og‘ir mashg‘ulot

Faol hayot tarzini olib bora boshlagan insonlar suyuqlikka bo‘lgan ehtiyoj ortib borishini unutmasligi kerak. Agar suyuqlik ichish avvalgidek davom etsa, organizm suvsizlanib qolishi mumkin. Jismoniy mashqlar paytida suv ichishni unutmaslik va har kuni ichadigan suyuqlik miqdorini oshirish lozim.

Quyoshda qolish

Shunchaki quyoshli kunlarda yurishda ham suvsizlanish kuzatilishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun doimo yonda bir shisha suv olib yurish va vaqti-vaqti bilan, hatto chanqoq kuzatilmasa ham, bir necha qultum ichish tavsiya etiladi. Bu suyuqlik muvozanatini saqlashga yordam beradi.

Qandli diabet

Agar odatdagidan tez-tez hojatxonaga borish va doimo tashnalik kuzatilsa, qondagi glyukoza darajasini tekshirish kerak. Bunda qandli diabetdan oldingi holat yoki hatto diabet rivojlanayotgan bo‘lishi mumkin. Agar suv avvalgidek miqdorda ichilsa, ratsion yoki faollik darajasi oshmagan holatda doimo chanqoq kuzatilsa, albatta, endokrinologga murojaat qilish lozim.

Kserostomiya

Kserostomiya yoki og‘iz qurishi — og‘izdagi so‘lak bezlari yetarli miqdorda suyuqlik ishlab chiqarishni to‘xtatganda paydo bo‘ladi. Ushbu yoqimsiz holatdan xalos bo‘lish uchun ko‘proq suv ichishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun vaqtni o‘tkazmasdan shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Anemiya

Doimiy chanqoqni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan yana bir kasallik — bu anemiya. Bundan tashqari, chanqoq qanchalik kuchli bo‘lsa, kasallik ham shunchalik jiddiy bo‘ladi.

Dori vositalari

Bir qator dorilar suyuqlik muvozanatiga ta’sir qilishi va chanqoq hissini keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, diuretik va antikolinergik preparatlarning nojo‘ya ta’siri doimiy chanqoq hissini qo‘zg‘atishi mumkin.

Mavzuga doir:

  • Jazirama kunda nima ichish kerak?Chanqoqni qondirishning bir nechta usullari
  • Ovqatlanish paytida suv ichish organizm uchun zararlimi yoki foydali?
  • Uxlang va ozing: vazn kamaytirish uchun kechasi ichish tavsiya etiladigan 7 ta ichimlik


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.