Salomatlik Salomatlik Har kuni soatlab serial tomosha qilish salomatlikka qanday ta’sir qiladi?

Har kuni soatlab serial tomosha qilish salomatlikka qanday ta’sir qiladi?

O'qildi: 355


Har kuni soatlab serial tomosha qilish salomatlikka qanday ta’sir qiladi?

Teleshouning bir nechta qismlarini muntazam tomosha qilishni anglatadigan binge-watch atamasi 2013-yilda Oksford lug‘ati versiyasiga ko‘ra yil so‘zi bo‘lish uchun da’vogarlik qilgan. Deyarli barcha ketma-ket serial tomosha qilayotgan ayni vaqtda esa ushbu atama har qachongidan ham dolzarbroq hisoblanadi. Grazia nashri jismoniy faol bo‘lmasdan, ekrandan ko‘z uzmay serial tomosha qilish salomatlik bilan bog‘liq qanday muammolarni keltirib chiqarishi haqida ma’lumot berib o‘tadi.

Foto: Grazia

Ortiqcha ovqatlanish

American Journal of Clinical Nutrition jurnalining 2020-yil mart oyida e’lon qilingan tadqiqotda film, teleseriallarni tomosha qilish va vazn ortishi o‘rtasida bog‘liqlik borligi aniqlangan. Gap shundaki, ovqatlanish vaqtida boshqa narsaga chalg‘iganda organizm to‘yganini esdan chiqaradi. Agar har kuni shunday ovqatlanish kuzatilsa, bu vazn ortishiga olib keladi. Oqibatda qon bosimi, qandli diabet singari semizlik bilan bog‘liq boshqa kasalliklar kelib chiqa boshlaydi.

Uyqu bilan bog‘liq muammolar va charchoq

Journal of Clinical Sleep Medicine jurnalida e’lon qilingan maqolada yozilishicha, seriallarni doimiy ravishda tomosha qilish va uyqu yomonlashishi, shuningdek, charchoq, uyqusizlik simptomlari o‘rtasida bog‘liqlik mavjud.

Tromboz xavfining ortishi

2018-yilgi tadqiqotda serial va film tomosha qilib vaqt o‘tkazadiganlarda chuqur venalar trombozining kelib chiqish xavfi televizor qarshisida kam o‘tiradiganlarga nisbatan 70 foizga ko‘proq ekani aniqlangan. Hatto vazn bilan bog‘liq muammo bo‘lmasa, jismoniy faol bo‘lgan taqdirda ham ushbu xavf kamaymaydi.

Kognitiv qobiliyatlar bilan bog‘liq muammolar

Soatlab serial tomosha qilish miya salomatligiga qanday ta’sir qilishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?Avvalroq o‘tkazilgan tadqiqotda televideniyega tobelik kelajakda kognitiv qobiliyatlarning susayishiga olib kelishi mumkinligi aniqlangan. Uning doirasida har kuni 3,5 soatdan ko‘p vaqt teleserial tomosha qiladigan 50 yoshdan katta 3000 ishtirokchining ma’lumotlari o‘rganilgan. Natijalar 6 yildan keyin bu verbal xotira bilan bog‘liq muammoga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatgan.

Jismoniy faollik bilan bog‘liq muammo

Kam harakatsizlikdan iborat turmush tarzi semizlik, yurak kasalliklari, qandli diabet, osteoporoz, insult va hatto depressiya singari salomatlik bilan bog‘liq jiddiy muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Qancha kam harakat bo‘lsangiz, ushbu kasallikning kelib chiqish xavfi shuncha yuqori bo‘ladi. 2020-yilgi tadqiqotlardan birida kompyuterda ishlab o‘tirish(faol)bilan film va serial tomosha qilib o‘tirish(faol bo‘lmagan)o‘rtasidagi farqni aniqlagan. Ma’lum bo‘lishicha, nofaol o‘tirish bilan yoshlardagi tana massasi indeksi va yog‘ to‘planishining 25 foizga oshishi o‘rtasida bog‘liqlik borligi aniqlangan.

Mavzuga doir:

  • Dorilar o‘rniga: Oddiy choy yordam bera oladigan 10 ta holat
  • Ko‘z atrofida ajin paydo bo‘lishiga olib keluvchi 8 xato
  • Osilgan qovoqlarni operatsiyasiz qanday o‘z holiga keltirish mumkin?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.