Salomatlik Salomatlik Bosh miya ichki bosimi oshganidan darak beruvchi simptomlar

Bosh miya ichki bosimi oshganidan darak beruvchi simptomlar

O'qildi: 262


Bosh miya ichki bosimi oshganidan darak beruvchi simptomlar

Orqa miya suyuqligi haddan ortiq darajada ko‘p ishlab chiqarilganda, o‘simta rivojlanayotganda yoki qon to‘planganda bosh suyagi kengaymaydi va natijada boshda bosim seziladi. Bunday vaqtda o‘zboshimchalik bilan davolanmasdan shifokorga murojaat qilish quyidagi simptomlarga esa befarq bo‘lmaslik kerak.

Foto: Freepik

Bosh og‘rig‘i

Bosh miya ichki bosimining eng ko‘p tarqalgan simptomlaridan biri bosh sohasida og‘riq bo‘lishi sanaladi. Odatda og‘riq migrenga o‘xshash, puls va ko‘z oldi qorong‘ilashishi bilan kechadi. Ammo migrendan farqli ravishda og‘riq vaqti quloqqa hushtakka o‘xshash shovqin eshitilishi bilan kechadi. Og‘riq, ayniqsa, jismoniy zo‘riqish, aksirish va yo‘talganda kuchayadi. Bunday vaqtda retseptsiz sotiladigan og‘riqsizlantiradigan dori vositalar yordam bera olmaydi.

Tomir tortishishi

Ichki gipertenziya miya hujayrasining anomal faolligini keltirib chiqarishi mumkin. Buning hisobiga tomir tortishishi, oyoq va qo‘l mushaklarida spazm kuzatiladi. Og‘ir hollarda odam hushini yo‘qotishi, tutqanoq epilepsiya xurujini esga solishi mumkin.

Uyqu bosishi

Kun davomida uxlash istagining paydo bo‘lishi ham bosh miya ichki bosimi ko‘tarilganidan darak beruvchi eng ko‘p tarqalgan simptomlardan. 7-8 soat uxlagan taqdiringizda ham uyqu bosishi shifokorga murojaat qilish uchun jiddiy sabab bo‘la oladi.

Ko‘ngil aynishi

Bosh miya ichki bosimi ko‘tarilganda to‘satdan qayd qilish kuzatilishi va bu simptom kun davomida bir necha marta takrorlanishi mumkin.

Qo‘l-oyoqlarning uvushib qolishi

Gipertenziyada miyaning tana sezuvchanligiga javob beradigan ayrim qismlari noto‘g‘ri ishlaydi. Shu sabab ham nafaqat oyoq-qo‘l, balki tananing boshqa sohalarida ham uvishish kuzatilishi mumkin.

Mushaklarning kuchsizlanishi va parez(falajning yengil shakli)

Bosh miya ichki bosimi oqibatida nervlarga zarar yetishi, bu esa impulsga ta’sir qilib mushaklar qisqarishida muammo kuzatiladi. Bunda qo‘llar kuchsizlanib, uni yelka balandligida ham ko‘tara olmaslik va buyumlarni ushlay olmasligi og‘ir hollarda qo‘l-oyoqlar falajlanishi mumkin.

Ko‘rish qobiliyatining susayishi

Bosim ko‘rish nervlariga ham ta’sir qilgani sabab ko‘rish bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishi, ko‘z oldi qorong‘ilashishi mumkin. Yo‘talganda yoki aksirganda simptom yanada kuchayadi.

Ko‘z qorachig‘i o‘lchamining o‘zgarishi

Ko‘z qorachig‘i yorug‘lik ko‘p bo‘lganda torayadi, zulmatda kengayadi. Ammo bosh miya qon bosimning oshganida optik nervlar siqilib qoladi va shuning hisobiga nurga reaksiya kechikadi. Ba’zida qorachiq doimiy ravishda turli o‘lchamda bo‘ladi. Bu anizokoriya deb ataladi.

Jizzakilik

Doimiy ravishda bosiq bo‘lgan odamning birdan jizzaki bo‘lib qolishiga bosh miya qon bosimining oshgani ham sabab bo‘lishi mumkin.

Xushni yo‘qotish

Qon bosimning to‘satdan ko‘tarilishi yoki tushib ketishi hushdan ketishga ham olib keladi. Masalan, insult, bosh jarohatida odam komaga tushishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Albatta shifokorga borish kerak. Shifokor quyidagi tekshiruvlarni o‘tkazadi:

  • mushaklar refleksini tekshirish;
  • qorachiqlar o‘lchami va yorug‘likka reaksiyasini tekshirish;
  • bosh miyani kompyuter tomografiyasi yoki MRT orqali tekshirish;
  • orqa miya suyuqligini lyumbal punksiya orqali tekshirish.
Shulardan keyin mutaxassis tashxis qo‘yishi va davo choralarini yozib berishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.