Migrenga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan 4 mahsulot
Ba’zi mahsulotlar tarkibidagi moddalar bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaruvchi omil bo‘lishi mumkinligi isbotlangan. Ba’zilar uchun migrendan xalos bo‘lishda bir yoki ikki narsadan voz kechish yetarli bo‘lishi mumkin, kimdir uchun ushbu mahsulotlardan voz kechish yordam bermaydi va kimdir bu mahsulotlarni har kuni iste’mol qilsa ham umuman bosh og‘rig‘iga duch kelmaydi. Qisqasi, hammasi odamning individual xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ammo quyidagi mahsulotlardan o‘zingizni cheklasangiz, vaziyat o‘zgarish-o‘zgarmasligini bilib olishingiz mumkin.
Foto: Getty ImagesKofein
Ro‘yxatdagi bahsli mahsulot bu — kofein. Chunki u ham bosh og‘rig‘ini qoldiradi, ham bunga sabab bo‘lishi mumkin. Qanday bo‘lishini tushuntirib beramiz. Bosh og‘risa, qahva ichasiz va og‘riq o‘tib ketadi. Ammo uzoq vaqt davomida, masalan, kuniga uch finjon qahva ichsangiz-u, birdaniga bir finjon bilan cheklanishga qaror qilsangiz, bosh og‘rig‘idan qutulolmaysiz. Shuning uchun ko‘p qahva ichish tavsiya etilmaydi: kofeinga qaramlik noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Spirtli ichimliklar
Migren spirtli ichimliklarni ichish jarayonida emas, balki ertasi kuni paydo bo‘lishi mumkin, ammo bu vaziyatni o‘zgartirmaydi. Kasallikning paydo bo‘lishi spirtli ichimliklar tarkibidagi turli xil mineral va organik moddalarga bog‘liq.
Sitrus mevalar
Bu kasalikka olib keluvchi keng tarqalgan sabablardan biri emas, ammo inkor qilib bo‘lmaydigan jihat ham bor. Ba’zi odamlarda sitrus mevalarning yuqori kislotaliligi migrenni keltirib chiqarishi mumkin.
Glutamat natriy
Biz har doim esdan chiqaradigan migren qo‘zg‘atuvchilardan biri. Glutamat natriy — ta’mni kuchaytiruvchi vosita, hozirda deyarli souslardan tortib shirinliklargacha qo‘shiladi. Ushbu modda asab tizimi va migrenni qo‘zg‘atadigan moddalardan tashkil topgan. Hozirda glutamatdan foydalanmaslikning deyarli imkoni yo‘q, lekin uning iste’molini kamaytirish mumkin. Faqat mahsulot yorliqlarini diqqat bilan o‘qing va iloji boricha ovqatni tabiiy narsalardan tayyorlashga harakat qiling.
Mavzuga doir:
- Gomosistein: Bosh nimaga og‘riydi va qachon qon tahlili topshirish kerak?
- Organizmdagi 7 ta jiddiy autoimmun kasallik: Qanday aniqlanadi va davolanadi?
- Tibbiyot qutisidagi xavf: zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan dori vositalari
Manba