Salomatlik Salomatlik Yurak faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yashirin sabablar

Yurak faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yashirin sabablar

O'qildi: 226


Yurak faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yashirin sabablar

Chekish, ortiqcha vazn va irsiyat yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanish xavfini oshiradigan asosiy omillardir. Ammo biz e’tibordan chetda qoldiradigan ba’zi sabablar ham mavjud.

Foto: Getty Images

Murakkab jismoniy mashqlar

Agar sog‘lom turmush tarzini boshlashga qaror qilib, jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishni boshlasangiz, buning natijasi ba’zan quvonarli bo‘lmasligi mumkin. Juda uzoq yoki o‘ta intensiv mashqlar yurakka ortiqcha yuk bo‘lishi mumkin. Agar sport rekordlarini yangilashga qaror qilsangiz, tayyorgarlikni yaxshi shifokor bilan rejalashtiring.

Uyqusiz tunlar

Agar kechqurun uxlolmay, u yoqdan bu yoqqa o‘girilsangiz, kechasi uyg‘onib ketsangiz, uyquzsizlik sababini topish va uyquni yaxshilash uchun, albatta, shifokorga murojaat qiling. Uzoq muddat davom etgan uyqusizlik yurak-qon tomir kasalliklari xavfini sezilarli oshiradi.

Ko‘p shakar iste’mol qilish

Shirinliklar va oddiy uglevodlar(oq non, oq guruch, yuqori navli undan tayyorlangan makaron)qondagi qand miqdorining keskin o‘zgarishiga olib keladi va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi. Aksincha, donli non glyukoza miqdorini barqarorlashtirishi va yurak xastaligi xavfini 9 foizga kamaytirishi mumkin.

Mavzuga doir: 

  • Bosh miya ichki bosimi oshganidan darak beruvchi simptomlar
  • Muammo uyingizda: aksirishning 11 sababi
  • Ratsiondan chiqarish tavsiya etiladigan yuqori kaloriyaga boy zararli shirinliklar(foto)
  • Ko‘zlarni smartfonning zararli nuridan himoya qilish uchun nima qilish kerak?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.