Salomatlik Salomatlik Qulupnay mavsumi: Ushbu meva nimasi bilan foydali?

Qulupnay mavsumi: Ushbu meva nimasi bilan foydali?

O'qildi: 259


Qulupnay mavsumi: Ushbu meva nimasi bilan foydali?

Do‘konlarda yilning istalgan faslida topishning imkoni borligiga qaramay, mutaxassislar qulupnayni pishadigan mavsumida iste’mol qilish kerakligini ta’kidlaydi. Issiqxonada yetishtirilgan mazkur meva o‘zi tabiiy pishganichalik foydali bo‘lmaydi.

Foto: Harper’s Bazaar

Antioksidantlar

C vitamin boshqa sitrus mevalarga nisbatan qulupnayda ikki barobar ko‘p bo‘ladi. Mazkur mazali mevaning rangiga javob beradigan pelargonidindan tashqari, qulupnayda 12 ta tabiiy antioksidantli birikma mujassam. Bu hujayralarni shikastlanishdan saqlashga, erta qarish va yallig‘lanish jarayonining oldini olishga hissa qo‘shadi.

Yurak salomatligi

Yurak kasalliklari yer aholisi orasida o‘limga olib keladigan eng ko‘p tarqalgan sabablardan biri hisoblangani uchun yoshlikdanoq salomatlikka e’tiborli bo‘lish kerak. Qulupnay tarkibidagi faol modda — antosianlar “yomon” xolesterin miqdorini kamaytiradi, qon tomirlar devorini mustahkamlab, qon bosimini me’yorlashtiradi. Unda bisyor bo‘lgan kaliy va magniy esa qon bosimining me’yorda bo‘lishi bilan birga shish paydo bo‘lishiga olib keladigan suyuqlikning organizmda to‘planishining oldini olish xususiyatiga ega hisoblanadi.

Qondagi qand miqdorini nazorat qiladi

Tarkibida qondagi qand miqdorini ko‘paytirmaydigan fitonutrientlar borligi hisobiga mazkur mahsulotni qandli diabet bezovta qiladigan kishilar ham iste’mol qilsa bo‘ladi. Qondagi qand miqdori me’yorda bo‘lganda kishi o‘zini tetik his qiladi, tez charchab qolmaydi va ortiqcha narsalarga asabiylashavermaydi.

Qomat uchun foydasi

Qulupnay vazn ortishidan xavotir olmay, bemalol iste’mol qilish mumkin bo‘lgan mazali yozgi shirinliklardan biri hisoblanadi. Uning 100 grammida atigi 33 kk bo‘ladi. Glikemik ko‘rsatkichi yuqori emasligi hisobiga yog‘larning erishiga ham hissa qo‘shadi.

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi

Ko‘rish bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekayotganlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Bu kompyuterda ishlash, ijtimoiy tarmoqlarga berilib ketish va ekologiyaning yomonligi bilan bog‘liq. Bir qancha tadqiqotlarda qulupnay ko‘z pardasining molekulyar degeneratsiyasi rivojlanishi, katarakta, ko‘z qurishi va boshqa o‘zgarishlarning oldini olishi aniqlangan. O‘ziga xos biokimyoviy tarkibga egaligi sabab nafaqat aksariyat ko‘rish bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olishi, shuningdek, ayrimlarini davolashi ham mumkin.

Mavzuga doir: 

  • Tibbiyot qutisidagi xavf: zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan dori vositalari 
  • Mo‘jiza kutmang. Ozdiruvchi dorilar haqida semizgina maqola
  • Bosh og‘rig‘ini dorisiz qoldirishning samarali usullari


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.