Salomatlik Goʼzallik Makiyajni yuvmay uyquga yotishning ko‘ngilsiz oqibatlari

Makiyajni yuvmay uyquga yotishning ko‘ngilsiz oqibatlari

O'qildi: 293


Makiyajni yuvmay uyquga yotishning ko‘ngilsiz oqibatlari

Uyqudan avval yuzni bo‘yoqlardan tozalashga erinish qanday oqibatlarga olib kelishi haqida “Domashniy ochag” jurnali ma’lumot berib o‘tadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Husnbuzarlar toshish xavfi ortadi

Uyqudan avval yuz tozalanmasa, bir necha soat davomida kir va o‘lik hujayralar siz bilan birga bo‘ladi. Poralar to‘lgani hisobiga husnbuzar ko‘rinishida surunkali yallig‘lanish paydo bo‘lishi mumkin.

Teri ertalab so‘lg‘in ko‘rinadi

Terining o‘lik qatlami doimiy ravishda tozalanib turmasa, teri tonusini yo‘qotadi. Muntazam tozalashda teri holati yaxshilanadi va tonal krem surtishga ham hojat qolmaydi.

Yuzdagi ajinlar ko‘payadi

Yuzdagi kosmetik vositalar bilan aralashgan yog‘ qatlamida turli mikroorganizmlar rivojlana boshlaydi. Oqibatda terining tonusi yo‘qolib, yallig‘lanish paydo bo‘ladi. Ajin ko‘payib, odam o‘z yoshiga nisbatan katta ko‘rinadi.

Husnbuzarlar bor bo‘lsa, ahvol yanada yomonlashadi

Terisi yog‘li va husnbuzari borlarning makiyaj bilan uxlashi muammolarning yanada ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Bunda shundoq ham boshlangan yallig‘lanish jarayoni yanada jadallashishi mumkin.

Infeksiya tushishi mumkin

Kosmetika surtilgan yuz turli bakteriyalarning rivojlanishi uchun eng yaxshi muhit hisoblanadi. Yostiqqa yuz tegganda terining ustki qatlamiga mexanik zarar yetib, infeksiya tushishi mumkin.

Allergiya orttirib olishingiz mumkin

Kosmetik vositalar tarkibida aksariyat hollarda teri uchun xavfli bo‘lgan moddalar bo‘lishi mumkin. Ularning sifatsizi yoki bilar-bilmas xarid qilingani teriga jiddiy zarar yetkazib, allergiya paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Muhim tavsiya

Yuqoridagi holatlar kuzatilmasligi uchun uyquga yotishdan avval yuzni yuvish va tozalashni unutmang. Bir kunda ikki marta yuzni tozalashni odat qiling. Kechasi makiyajni maxsus namlantirilgan salfetka bilan tozalab, keyin yuvishingiz va piling qilishingiz mumkin. So‘ngra namlantiruvchi krem surtishni unutmang.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.