Teri qurishining oldini olishda yordam beradigan kundalik odatlar
Sovuq mavsumda teri qurishi har qachongidan ham ko‘ra ko‘proq kuzatiladi. Buning oldini olish uchun quyida tavsiya etiladigan kundalik odatlarga amal qilmoq lozim.
Foto: “Pravda.ru”Skrablardan ortiqcha foydalanmang
Skrab yoki pilingdan tez-tez foydalanish quruq teri bilan kurashayotgan odamlarning eng keng tarqalgan xatosidir. Aslida pilingdan xalos bo‘lish quruq teri muammosini hal qilmaydi, lekin piling uni shikastlaydi, yanada quritadi va yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin. Bu kislotali skrablarga ham, pilingga ham tegishli. Mutaxassislar ularni haftasiga ikki martadan ko‘p bo‘lmagan holda ishlatishni qat’iy tavsiya qiladi. Bu teri tozaligi uchun yetarli va xavfsizdir.
Sulfatsiz tozalash vositalaridan foydalaning
Sulfatlar nafaqat shampunlarda, balki tozalash vositalarida ham bo‘lishi mumkin. Natriy Laurelsulfat ( sodium lauryl sulfate yoki SLS)samarali, ammo tozalash vositasi uchun zarur emas. Chunki kun davomida to‘plangan makiyaj qoldiqlari va kirlarni olib tashlash bilan birga, terining himoya to‘sig‘ini ham tozalaydi. Natijada terida quruqlik, tirnalish xususiyati paydo bo‘ladi. Agar tozalash vositasida sulfatlar borligi aniqlansa, xavotirga o‘rin yo‘q, vaziyatni osongina tuzatish mumkin. Kosmetik vositalarni sotib olayotganda mahsulot tarkibini o‘rganib chiqishga odatlanish zarur.
Go‘zallik qoidasiga amal qiling
Hech qanday holatda kundalik go‘zallik qoidalariga amal qilishda tanaffus qilmaslik kerak. Har qanday tozalovchi vosita hatto yaxshi kompozitsiyaga ega bo‘lsa ham ma’lum darajada quritadi. Shuning uchun yuzni yuvgandan keyin darhol tonerdan foydalanish lozim. Agar bir necha daqiqa o‘tib ketsa, teri suvsizlanishi va natijada qurishi kuzatiladi. Aytgancha, yana bir yaxshi odat, tonerni ozgina nam teriga qo‘llash bu teridagi namlikni saqlashga va uni porlashiga yordam beradi.
Tungi kremdan foydalanishni unutmang
Ko‘pchilik “teri nafas olishi kerak” degan bahona bilan tungi kremni ishlatishdan bosh tortadi. Aslida, agar krem yaxshi tarkibga ega bo‘lsa, u holda terini nafas olish qobiliyatidan mahrum qilmaydi, ammo krem surtmaslik teri qurishini sezilarli darajada og‘irlashtiradi. Shuningdek, kunduzgi kremni tungi krem sifatida ishlatish ham tavsiya etilmaydi. Chunki ular turli xil kompozitsiya va funksiyalarga ega va bir-birining o‘rnini bosa olmaydi.
Har doim SPF kremidan foydalaning
Butun yil davomida quyoshdan himoya qiluvchi kremni qo‘llash kerakligi haqida qayta-qata aytilgan, ammo ko‘pchilik bu maslahatni e’tiborsiz qoldirishda davom etmoqda. Ultrabinafsha nurlari teri uchun zararli: terini quritadi va salbiy ta’sir ko‘rsatadi, qarish jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi va giperpigmentatsiyani qo‘zg‘atadi. Bundan tashqari, quyosh nuri terida mikro yoriqlar paydo bo‘lishiga va natijada yallig‘lanishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun SPF mahsulotlarini qishda ham e’tiborsiz qoldirmaslik kerak. Quyoshdan himoya qiluvchi yengil suyuqlik deyarli terida sezilmaydi va uni ultrabinafsha nurlaridan ishonchli himoya qiladi.
Manba