Salomatlik Salomatlik Sababsiz ko‘karish: teri yuzasidagi gematomalar qanday kasalliklardan ogohlantiradi?

Sababsiz ko‘karish: teri yuzasidagi gematomalar qanday kasalliklardan ogohlantiradi?

O'qildi: 435


Sababsiz ko‘karish: teri yuzasidagi gematomalar qanday kasalliklardan ogohlantiradi?

Har bir inson ba’zida teri yuzasining ko‘karib qolayotganiga duch keladi va bu muammo emas, agar ularning paydo bo‘lish sababini aniqlansa. Lekin gematomalar o‘z-o‘zidan yuzaga kelsa, iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilish kerak. “Domashniy ochag” nashrining ma’lum qilishicha, sababsiz paydo bo‘lgan ko‘karishlar juda xavfli kasalliklarning belgisi bo‘lishi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Qon kasalliklari

Gemofiliya, varikoz tomirlari, trombotsitopeniya va hatto leykemiya: bu kasalliklarning barchasi qon aylanishining buzilishi bilan bog‘liq va ko‘karishlar uning namoyoni bo‘lishi mumkin. E’tibor berish kerak bo‘lgan boshqa alomatlar — bu oyoqlarda og‘riq va shish, burundan qon ketishi, milkning qonashi, butun tanada mayda mayda nuqtalarning paydo bo‘lishi.

Gormonal nomutanosiblik

Xususan, estrogen darajasining pasayishi. Menopauza, polikistik tuxumdon sindromi, boshqa kasalliklar, buning natijasida organizmdagi ayollik gormonlar miqdori keskin kamayadi. Bularning barchasi tanadagi kichik ko‘karishlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Gap shundaki, estrogen qon tomirlarining devorlarini mustahkam va elastik qiladi. Ushbu gormon yetarli bo‘lmaganda, kapillyarlarning devorlari zaiflashadi va teri osongina ko‘karadi.

Qandli diabet

Terining hech qanday sababsiz ko‘karishi ikkinchi toifa diabetning dastlabki belgilaridan biridir. Ushbu kasallik bilan qon aylanishi buziladi, shuning uchun ko‘karishlar paydo bo'ladi. Agar ko‘karishlar bilan bir qatorda, chanqoq, charchoqning kuchayishi, hojatxonaga tez-tez borish, ko‘rish qobiliyatining pasayishi sezilsa va teringizda vitiligo oq dog‘lari paydo bo‘lsa, endokrinolog bilan bog‘lanish tavsiya etiladi.

Jigar kasalligi

Gepatit, yog‘ yoki spirtli ichimlik tufayli jigarning kasallanishi, shuningdek saraton va adenoma ham terining ko‘karishiga olib kelishi mumkin. Gap shundaki, shikastlangan jigar yetarli darajada qonni ivishi uchun oqsillarini ishlab chiqara olmaydi. Natijada ko‘karishlar va qon ketishlar hech qanday sababsiz yuz beradi.

Vitamin yetishmasligi

Tanadagi turli xil jarayonlarni tartibga solish uchun vitaminlar va oziq moddalar kerak. Ayniqsa, B12 vitaminining yetishmasligi qon shakllanishiga, K vitamini — qon ivishiga salbiy ta’sir qiladi. Agar organizmda P vitamini juda kam bo‘lsa, qon tomirlari devorlarini qo‘llab-quvvatlovchi kollagen ishlab chiqarish susayadi va temirning yetishmasligi yoki ortiqcha bo‘lishi kapillyarlarga juda yomon ta’sir qiladi.

Mavzuga doir:

  • Rivojlanib kelayotgan artritning e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan 5 alomati
  • Varikoz paydo bo‘lishiga olib keluvchi eng keng tarqalgan xatolar
  • Zararsiz deb o‘ylamang: qo‘l va oyoq uvishishining sabablari


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.