Salomatlik Goʼzallik Yuz terisi parvarishida har kuni foydalanish kerak bo‘lgan 5 ta kosmetik mahsulot

Yuz terisi parvarishida har kuni foydalanish kerak bo‘lgan 5 ta kosmetik mahsulot

O'qildi: 345


Yuz terisi parvarishida har kuni foydalanish kerak bo‘lgan 5 ta kosmetik mahsulot

Yuz terisini parvarish qilish tom ma’noda yoshlikni saqlab qolish bilan barobardir. Har kuni terini tozalash, ularni tozalamay uxlashga yotishga yo‘l qo‘ymaslik, vaqti-vaqti tonik surtish va yuzni toza sochiq yoki qog‘oz salfetkalar bilan artib olish kerak. Marie Claire nashri yuz terisini parvarish qilishda har kuni qanday kosmetik vositalardan foydalanish kerakligini dermatovenerolog, kosmetolog Tatyana Kossova bilan birgalikda ma’lum qildi.

Foto: Pinterest

Tozalovchi vositalar

Avvalo, terining turiga qarab kuniga bir yoki ikki marta amalga oshiriladigan yuz terisini tozalovchi vositadan foydalanish kerak. Tozalash vositalari gel, sovun yoki suv shaklida bo‘ladi. Tanlov kunlik parvarish mahsulotining tarkibiga bog‘liq. Shuni unutmaslik kerakki, barcha tozalash vositalaridan foydalangandan so‘ng uni yuvib tashlash kerak.

Tozalash vositalarining tarkibi alohida ahamiyatga ega. Agar yuz terisi yog‘li bo‘lsa, mahsulot tarkibida alfa gidroksi kislotalar bo‘lishi kerak. Agar teri ta’sirchan bo‘lsa, mahsulotda parvarish qiluvchi, namlovchi va tinchlantiruvchi ingrediyentlar bo‘lishi lozim. Buni kosmetolog bilan oldindan maslahatlashganidan keyin sotib olish mumkin.

Ko‘pchilik yuz terisini tozalash uchun mitselyar suvini tanlaydi va undan foydalangach, yuvib tashlamaydi, bu parvarishda yo‘l qo‘yiladigan eng katta xatodir. Ushbu vosita teri yuzasida maxsus plyonka hosil qiladi va uning himoya xususiyatlarini buzadi.

Tonik

Agar suvga yoki lipidga asoslangan mahsulotlardan foydalanish ma’qul kelsa, u tozalangan, quritilgan teriga yengil harakat bilan surtilishi kerak. Tonikni paxta yostig‘i bilan qo‘llash noto‘g‘ri emas.

Sivorotka

Agar terining haddan tashqari yog‘lanishi bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa, alfa gidroksid kislotali sivorotka mos keladi, u C vitamini yoki yuz terisi yog‘ bezlarining faoliyatini kamaytiradigan boshqa komponentlarni o‘z ichiga oladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, sivorotkadan yuzning har bir yarmiga uch tomchi tomizilishi kerak. Agar teri parvarish qilish tartibi qarishning oldini olish uchun amalga oshirilsa, mahsulot tarkibida ferul, azela kislotasi yoki C vitamini bo‘lishi lozim. Shuningdek, bo‘yin terisi ham o‘ta sezgir hudud bo‘lib, cho‘zilishga va erta ajinlarga moyil bo‘ladi, shuning uchun u ham har kuni qarishga qarshi parvarish qilishni talab qiladi.

Krem

Kundalik parvarishning yakuniy bosqichi terining turiga qarab SPF kremni qo‘llashdir. Sivorotka va kremni bir vaqtning o‘zida ishlatish har doim ham shart emas, lekin agar sivorotka suyuq bo‘lsa, u terini taranglashtiradi, keyin krem qo‘llash bu tuyg‘uni bartaraf etishga yordam beradi.

Balzam yoki lab bo‘yog‘i

Lablarning qizil chegarasi kabi nozik joy haqida unutmaslik kerak. Kuz-qish davrida yoki bahor davrida har kuni panteon, bepanten, A vitamini kabi g‘amxo‘rlik qiluvchi ingrediyentlardan tashkil topgan lab bo‘yog‘i yoki balzamni qo‘llashni unutmaslik kerak. Quyoshli mavsumda ham lab bo‘yog‘idan foydalanish juda muhim. Ko‘pchilik buni unutadi va bu lablar qirg‘og‘ining haddan tashqari qurishi va qarishiga  olib keladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.